181
Ularga CPM - markaziy protsessor moduli, CKM - sin- xronizatsiya
moduli, CCM
- aloqani boshqarish moduli, CNET - markaziy
kommutatsiya maydoni, LIM - liniya interfeyslari moduli,
BAM -
yordamchi boshqarish moduli kiradi (6.13 - rasm).
AM/CM ni farqli xususiyati kommutatsiya maydoni yuqori sig‘imli.
Uning sig‘imi 128K x 128K vaqt intervallariga teng.
AM/CM ochiq egiluvchan va turli interfeyslarga ega.
AM/CM ni mustaqil kommutator sifatida ishlatsa bo‘ladi.
U har hil turdagi kirish tarmoq sinxrosignallarini qo‘llaydi.
AM/CM bir necha tarmoqqa xizmat ko‘rsata oladigan yirik
Integrallashgan tizim hisoblanadi.
AM/CM ning tarkibiga kirgan har bir modulni ko‘rib chiqamiz.
SRM - global tizim ma’lumotlariga ishlov beradi va saqlashni
ta’minlaydi, hamda AM/CM platalarini boshqaradi.
CKM - takt generator moduli. U yuqori daraja tarmog‘iga
nisbatan
tizim sinxronizatsiyasini ta’minlaydi, hamda tizimdagi turli modullarda
ishlatiladigan tayanch sinxrosignallarini ishlab chiqaradi.
SSM - boshqarish va aloqa moduli. U modullararo aloqa uchun
boshqarish
axborotini
uzatadi.
Modullararo
aloqani
boshqarish
ma’lumotlarini tarmoq orqali modullarga yo‘naltiradi.
CNET - markaziy kommutatsiya maydoni moduli.
Modulning
maksimal sig‘imi 128K vaqt intervaligacha bo‘lishi mumkin. Uni 16K
qadami bilan ko‘paytirish mumkin.
LIM - liniya interfeyslar moduli. Modulning asosiy funksiyasi xizmat
ma’lumotlarini va signalizatsiya ma’lumotlarini multipleksorlash/
demultipleksorlash hisoblanadi. Bundan tashqari, bu modul har xil tarmoq
qurilmalarini AM/CM bilan hamkorligini qo‘llash uchun boshqarish
ma’lumotlarini uzatuvchi tizim liniya interfeysi funksiyasini bajaradi,
hamda SPM va SRM ni AM/CM bilan integratsiyasini ta’minlovchi, SPM
va SRM bilan aloqa uchun xizmat interfeysini beradi.
SRM ga AMR (tranzit aloqa punkti), SDR (ma’lumotlar bazasi) VSR
(shinani boshqarish), ALM (avariya paneli) platalari kiradi.
Bitta polkada
AMR platasidan ikkita (aktiv /M+rezerv /S), SDR platasidan to‘rtta,
(/M+/S), BCP platasidan ikkita (/M+/S), ALM dan 1 ta joylashgan (6.14-
rasm).
AMP platasi
AM/CM va BAM orasida tranzit aloqa punkti
hisoblanadi. U butun tizimni markazlashgan boshqarishini ta’minlaydi va
quyidagilarni bajaradi:
182
-
platalarga xizmat ko‘rsatish va AM/CM modulida ularni
boshqarish;
-
BAM moduli bilan o‘zaro hamkorlikda
on- line rejimida
ma’lumotlarni o‘rnatish;
-
tizimdagi hamma avariya signallarga ishlov berish;
-
AM/CM HOST dastur ta’minotini qismini yuklash.
6.14- rasm.
Dostları ilə paylaş: