201
6.7 - Uzoqlashtirilgan modul
Stansiyadan katta masofaga uzoqlashtirilib, joylashgan abonentlarni
ma’muriy boshqarish uchun va tarmoqqa ulash imkonini berish
maqsadida, hamda C&C08 stansiyasi taklif qilayotgan aloqa xizmatlari
spektrini kengaytirish uchun uzoqlashtirilgan (chiqarilgan) modullarni
qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilgan.
C&C08 tizimida uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli RSM,
uzoqlashtirilgan abonent bloki RSA va uzoqlashtirilgan integral moduli
RIM ishlatiladi.
SM kommutatsiya moduli AM/CM dan mahalliy tarmoq aniq
sharoitlariga muvofiq ravishda uzoqlashgan holda o‘rnatilishi mumkin.
Bunday turdagi modul RSM uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli deb
ataladi (6.28- rasm).
RSM SMga o‘xshash, farqi RSM da uzoqlashib ulanish uchun optik
interfeys platasidagi qabul qilgich, uzatgichlar quvvati va sezgirligi
kattaroq bo‘lishidir. Chunki, SMni katta masofada (50 km gacha)
uzoqlashtirib joylashtirish mumkin. Markaziy AM/CM moduli bilan
aloqa qo‘shimcha uzatish tizimini ishlatmay, 40 Mbit/s interfeysi bilan
optik tola bo‘yicha bajariladi. Agar tarmoqlangan kabel tarmog‘i va IKM
uzatish tizimi tarmoqda bo‘lsa, RSM modulini IKM interfeysi bilan
jihozlash yo‘li bilan RSM ni IKM uzatish tizimi yordami bilan E1
interfeys orqali ulash mumkin. Bu bor aloqa liniyalarini samarali
ishlashiga yo‘l beradi.
6.28- rasm. RSM uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli
AM/CM
AM/CM
SM
SM
SM
RSM
Markaziy stansiya
Markaziy stansiya
Uzoqlashtirilgan
kommutatsiya
moduli
202
RSM SM ga o‘xshash ichki kommutatsiyani bajaradi va
interfeyslarni, funksiyalarni bera oladi. RSM konfiguratsiyasi 547 - 2
ASL/480 DT. Uning afzalliklari:
-
kam sonli stansiyalar bilan yuqori unumdorlikka ega katta
tarmoqlarni qurish yengilligi;
-
tayanch stansiya (AM/CM) markaziy xizmat ko‘rsatishni,
tarifikatsiyani, trafika, statistikasini yig‘ishni, hamma RSM modullar
uchun ma’lumotlarni boshqarishni bajarishi mumkin;
-
ichki kommutatsiya funksiyasi, yuqoriroq ishonchlikni va
kritik holatlarda havfsizlikni kafolatlaydi.
RSM va uning AM/CM ga ulanish sxemasi 6.29- rasmda keltirilgan.
RSM moduli AM/CM dagi ET16 platasi (16 ta E1 interfeysi) yoki
OBC platasida joylashgan STU interfeysi (63 ta E1 interfeysi) bilan optik
oxirgi blok orqali ulanish mumkin. RSM da signalizatsiyaga ishlov
berishni 841 ETT (optik shakllantiruvchi) bilan LAPMC2 platasi bajaradi.
RSM boshqa kommutatsiya tarmog‘i bilan hamkorligi R2 yoki 7- sonli
UKS signalizatsiyasi asosida amalga oshiradi.
RSA - bu uzoqlashtirilgan abonent bloki. Unda ichki kommutatsiya
funksiyasi ishlatilmaydi. RSA abonentlarning zichligi katta bo‘lmagan
joyda o‘rnatishga mo‘ljallangan. U SM yoki RSM modullariga E1/T1
interfeysi orqali ulanadi. Bitta blok sig‘imi 256 ASL tashkil qiladi. Bu
kichik gabaritli blok, abonent polkasida to‘g‘ri o‘rnatilgan ichki E1/T1
interfeysiga ega. Blok sig‘imini abonent polkasini qo‘shish yo‘li bilan
astalik bilan ko‘paytirish mumkin. RSA ni ichki turi (binoda) va tashqi
turi (binodan tashqarida) mavjud. RSA tashqi turi atrof muhitga yaxshi
adaptatsiyaga ega bo‘ladi. RSA ulash imkoniga ega interfeyslarning ko‘p
soniga
ega
va
faqatgina
analog
liniya,
ISDN
2B+D,
V.24/V.35/E1/T1/DDN - sub tezlik kabi interfeyslarni ta’minlamay, balki
atrof muhitni nazorat tizimi interfeysiga ham ega.
SM moduli hamma xizmat va funksiyalarni RSA blok orqali ham bera
oladi.
RSA da ASL, DSL va DRV platalari o‘rnatiladi.
SM RSA ga 7 - TQ koakasial kabelida E1 2,048 Mbit/s interfeysini
ishlatish yo‘li bilan ulanadi. Bitta RSA ga ikkita E1 aloqa liniyalari
ishlatiladi.
203
6.29- rasm. RSM va uning AM/CM ga ulanish sxemasi
RSA interfeyslari juftlik bilan konfiguratsiyalanadi. RSAni har bir juft
interfeysi yuklamani bo‘lish rejimida ishlatilishi mumkin. SM tomonidagi
RSA interfeysi asosan ketma - ket port orqali bosh protsessor bilan aloqa,
komplektlarni ma’muriy boshqarish, buyruqlarni uzatish, kodlarni
o‘zgartirish va h.k. funksiyalarni bajaradi. RSA ni abonent liniya
komplektlariga nisbatan, asosiy funksiyalari aloqani tashkil qilish holat
haqidagi axborotni olish, komplektlarni ma’muriy boshqarish, tonal
signallarni uzatish, buyruqlarni uzatish va x.k. ni tashkil qiladi. C&C08
tizimi RSA ni ma’muriy boshqarishni MPU blok yordamida amalga
oshiradi. Kommutatsiya jarayoni markaziy stansiyada amalga oshiriladi.
ССМ
ССМ
ET16/STU
ET16/STU
СNET
Optik oxirgi blok
Optik oxirgi blok
DT
DT
NET
LAPMC2
LAPMC2
MPU
AM/СМ
RSM
2 M
2 M
2 M
2 M
Signalizatsiyaga ishlov
berish
Nutq
kanallarining
kommutatsiyasi
Nutq kanallarining
kommutatsiyasi
Signalizatsiyaga ishlov
berish
204
RSA ikki polka ko‘rinishida, ya’ni RSP va RSB ko‘rinishida
chiqariladi. RSB variantida, hamma RSA, DRV va ASL bitta polkada
o‘rnatiladi
RIM da AL polkasi, uzatish tizimi, abonent krossi, akkumulyator
batareyasi, elektr manba ta’minotining birlamchi bloki va boshqa
yordamchi qurilmalar joylashadi. U oddiy chaqiriqqa ishlov beradi,
ma’lumotlar uzatish, 2B+D va h.k. xizmatlarni bera oladi.
RIM ga AL elektrik interfeysi orqali ulanadi. Tarmoqqa esa, optik
interfeys orqali ulanadi. RIM optik signalga ishlov beradi, hamda
abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun interfeys beradi.
RIM ning funksiyalari: optik - elektrik va elektrik - optik o‘zgartirish,
multipleksorlash/demultipleksorlash, protokollarga ishlov berish, texnik
xizmat ko‘rsatish va h.k. lardir.
RIM bera oladigan interfeyslar:
-
analog abonent liniya (AL) interfeysi ASL;
-
raqamli abonent liniya (AL) interfeysi DSL (2B+D);
-
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i DDN abonent interfeyslari
V.24/V.35 (DTU);
-
30B+D/E1 interfeyslari (RSP) (liniyalarni ijaraga olish);
-
DDN abonenti sub tezlikli interfeysi (SRX);
-
tonal chastotali 2/4 simli liniya interfeysi (VFB);
-
atrof muhit va qurilma parametrlari monitoringi platasi (YeSC).
RIM bino ichida va tashqarisida ishlatish uchun bajarilgan bo‘lishi
mumkin.
RIM abonenti ulash imkoni tizimni yoyish jarayonini tezlashtiradi.
Uni o‘rnatishni tezroq, ishonchliroq, tejamliroq qiladi va o‘rnatish vaqtini
kamaytiradi. Bu atrof muhit yomon bo‘lgan sharoitda o‘rnatish uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |