Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Texnikani o’rgatish 
Har xil texnik usullarni tushuntirish, amaliy demostatsiyalar va o’rgatuvchi 
ortidan takrorlash yordamida o’rganiladi. 
Avtomatizmgacha o’rganilgan zarba harakatlarini doimiy 
(muntazam)
takrorlash. 
Harakatli malakalarni maxsus yaratilgan qiyin harakatlar orqali tugallash 
kerak. 
Shulardan kelib chiqqan xolda barcha texnik usullarni maqsadga muvofiq 
quyidagi ketma-ketlik tarzda o’rganish kerak: 

usullarni qo’llash texnikasi haqida tushuncha; 

uni o’rgatuvchi 
(murabbiy)
tomonidan ko’rsatib berilishi; 

sharsiz harakatlarning imitatsiyalari; 

osma sharlarga zarbalar berish; 

trenirovka zalidagi devordan zarbalar; 

raqib tomondan berilgan zarbalarga javob qaytarish texnikasi; 

shu zarbalarni joy almashtirib bajarish; 

setka orqali o’yinda 1-tayyorgarlik; 

yo’naltirilgan nuqtaga sharning aniq borib tushish mashki; 

hisob bilan o’ynashni o’rganish; 

ikki tomonlama o’yinlarni qiyinlashtirilgan xolatda oxiriga etkazish. 
Shug’ullanuvchilarni o’yinga o’rgatish uning mohiyatini va asosiy qoidalarini 
uzatishdan boshlanadi. Keyin esa 3-5 mashg’ulot davomida o’rganuvchi raketkani 
ushlashni, gavda tutish holatini, zarba berish oldidan dastlabki holatni va siljishni 
o’rganadi. Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 

raketkaning o’ng va chap tomoni bilan sharni ko’p martalab o’yinga 
tashlash; 

shuning o’zi navbat bilan; 

qo’lning o’ngdan chap tomonga harakati bilan raketkaning o’ng va chap 


sahnidan foydalanib sharni aylantirish. 
O’rganilgan mashqlarni mustahkamlash uchun yangi o’rganuvchiga xuddi 
ana shu mashqlarni harakatda bajarish taklif qilinadi. Zarba berish texnikasini 
egallashdan avval shug’ullanuvchilarda o’rganilayotgan harakatlarning xarakteri 
haqida aniq tasavvurni shakllantirish kerak. Zarbalarni o’rganish ularni imitatsiya 
qilishdan boshlanadi. 
Imitatsion mashqlar yuksak sport natijalariga erishishning zaruriy sharti 
hisoblanadi va shuning uchun ham jiddiy munosabatda bo’lishni talab qiladi. 
Imitatsiyada zarba beruvchi harakatlarni ko’p martalab takrorlash asosiy shart. Har 
kuni imitatsiya bilan shug’ullanish harakat texnikasini takomillashtirish imkonini 
beradi. О’yin harakatiarida ishtirok etuvchi qo’1, tana va oyoq mushaklarini 
mustahkamlaydi. 
Texnik usullarga to’g’ridan zarba berishni o’rgatishdan boshlanadi. Stol 
yonida mashq qilishda sherigi stolning ma’lum bir nuqtasiga tashlab bergan 
sharlarga zarba berishni o’rganish ma’qul. Shundan keyin to’g’ridan zarba bershi 
murabbiyning topshirig’iga ko’ra ma’lum bir yo’nalishda sherigi stol yonidan 
bergan zarba bilan o’rganiladi. 
Stol yonidagi birinchi mashg’ulotda murabbiy yangi o’rganuvchining 
harakatlarini diqqat bilan kuzatmog’i lozim. o’rgatishning ana shu bosqichidayoq 
elementar taktik mahoratni, ya’ni shar uzatishlarning uzunligini, yo’nalishini va 
kuchini o’zgartirib bajarishni egallash mumkin. Shug’ullanuvchi sharning 
sakrashini o’rganib bo’lishi bilanoq, uni siljishga o’rgatmoq lozim. Boshlovchi 
tennischilar harakatlarining asosiy usullari chetlashtirilgan va oldga chiqarilgan 
oyoqlar bilan kamroq hollarda oldinga, orqaga va yon tomoniarga keskin siljish 
hisoblanadi. 
Stol yonida harakatlanishni zarba berish texnikasini o’rgatishdan ajratib olib 
borish mumkin emas. Zarba berish imitatsiyasini o’rganayotgan yangi o’yinchi 
tasavvur qilingan shar kelish joyiga tez qaytib bora olishi lozim. Itarma zarbalarni 
o’rganish cho’zilib ketmasligi kerak. Shug’ullanuvchi bu zarba sharini egallab olishi 
bilanoq yuqoridan aylantirib yo’naltirilgan o’ng va chap zarbalarni o’rganishga 


kirishmog’i shart. 
Murabbiylarning ko’pchiligi avvaliga chap zarbalarni o’rganishi kerak deb 
hisoblasalar, boshqalari avval o’ng zarbalarni o’rganishni tavsiya qiladilar. Bu 
uslubiy muommani echayotganda shuni unutmaslik muhimki, chapdan zarba 
berishni o’rganish osonroq, ammo uni hamma ham bir xilda tez o’rgana olmaydi. 
Ba’zi birovlar uchun o’ng zarbalarga nisbatan chap zarbalar qulayroq bo’ladi. 
Oddiy itarib zarba berishdan murakkab burama zarbaga o’tish qo’shimcha 
mashqlardan foydalanilgan holda maxsus tayyorgarlik bilan ta’minlanmogi lozim. 
Dastlab o’rgatish uchun barmoqlarning maxsus harakatlarisiz tirsakda chapdan 
burama zarbalarni qo’llash tavsiya qilinadi. Eng ko’p tarqalgan holatlar gavdani 
noto’g’ri burish va qo’lni qattiq g’ijimlashlar. 
Zarbalarning aniqligi ko’p tomondan ularning ritmiga va raketkaning sharga 
aniq tegishiga bog’liq. Sharga berilgan zarba keskin, lekin kuchli bo’lmasligi kerak. 
Agar yangi shug’ullanuvchi bu usulning uddasidan chiqa olmasa, stol ustiga tashlab 
berilgan sharga zarba berishni o’rgatish lozim. 
O’ngdan itarib zarba berishni o’rgatish uchun o’rtacha kuchdagi zarbalarni va 
yakunlovchi deb ataluvchi zarbalarni aniq chegaralash muhim. Bir vaqtning o’zida 
ham burama zarbalarni, ham yakunlovchi zarbalarni o’rgatish murakkab. Burama 
zarbalarga o’rgatishning boshlang’ich davrida stol yonida zarba beruvchi 
mashqlarni qo’llash lozim. Keyinchalik sharning aylanishi kuchaytiriladi, chunki u 
burama zarbalar berishga to’g’ri harakatlanishlarga va raketka sharga tekkanida 
kerakli keskinlik berishda yordamlashadi. 
Pastlab aylanuvchi zarbalarga o’rgatishda, eng yaxshisi, yuqori aylanishga 
ega bo’lgan zarbalarni berish paytini va tennischi hujumning asosiy texnik usullarini 
o’rganganidan so’nggi vaqtni tanlashi kerak. o’ngdan va chapdan keskin zarbalar 
berishni o’rganishni eng yaxshi usuli mashqlarning trenirovka ”devori” 
(stenka)
yonida imitatsion mashqlarni oyna yonida nazorat qilish bilan olib borish. 
Stol yonidagi mashg’ulotlarga o’tishdan avval chapdan keskin zarba berish 
o’rganiladi. Bu elementni bajarishda, eng avvalo, qo’l siltash to’g’ri bajarishiga 
e’tibor qaratmoq lozim. To’liq bo’lmagan qisqa qo’l siltash keng tarqalgan 


hatolardan. Zarbani yakunlashda to’liq harakatni yakunlamasdan qo’l to’xtab 
qolishida ham xatolarda yo’l qo’yiladi. 
Texnikani bunday takomillashtirish aniqlikni va tez suratdagi zarbalar kuchini 
oshirish yo’lidan boradi. o’rganishning bu davridagi tennischidan oyoq va gavda 
mushaklarining maxsus tayyorgarligini talab qiladigan murakkab, burama shar 
uzatishga kirishish lozim. Shar uzatishlarni o’rgatishdan oldin sharsiz ham 
imitatsiya qilishga o’rganish kerak. Shar uzatishlarni o’rganish uchun maxsus mashq 
disklaridan va maxsus stanok-trenajyorlardan 
(robot trenajyor)
foydalanish 
mumkin. 
Murakkab shar uzatishlarni qabul qila olishni o’rganish ham juda muhim. 
Shar uzatishlarni qabul qilish sherik bilan birgalikda o’rganiladi. Tennischilar 
navbat bilan bir turdagi sharlarni turli yo’nalishlarda o’rganadilar. Yana to’rdagi 
uslubni o’rganishda faqat oldingi metodni yaxlit o’zlashtirgandan keyingina 
kirishish mumkin. Shu bilan birga avvaliga juftlik, keyin esa bir o’yinchiga 
mo’ljallangan maxsus metodlarni qo’llashni ham o’zlashtirib boradilar. 
O’rganishning dastlabki davrida va mashg’ulotlarda ma’lum bir о’yin 
uslubini tanlash va shakllantirish muhim uslubiy davr hisoblanadi. Stol tennisida 
o’yin uslubini shakllantirish bir qancha omillarga bog’liq: harakat sifatlarining 
mavjudligi, asab tiziming psixik jarayonlari va tipologik o’ziga xosliklar. 
Taktik harakatlarni o’rganish yosh tennischilar bilan ishlashdagi eng qiyin 
yo’nalishlardan biri. Texnik usullarni o’rganishdan ko’ra tennischilar zarbalar bilan 
bog’liq usullarni o’rganishlari qiyinroq. Taktik o’yinlarda taktik variantlarda eng 
asosiy e’tiborni raqibni harakatini kuzatishga qaratish kerak. Bunday kuzatuv 
tennischiga berilayotgan zarbani qaysi tarafga ketishini oldindan bilishga va unga 
karshilik ko’rsatishga tayyorlanishga yordam beradi. Taktik kombinatsiyalarni har 
xil mashqlarda va tayyorgarlik o’yinlarida o’rganish sportchilarni hisob orqali 
o’yinga yaxshiroq tayyorlanishiga yordam beradi. Bellashuv xarakteriga va 
kelajakda bellashuvlarda qatnashishda o’yin davomida xisobdan tashqari taktika 
bo’yicha konkret masalalarni o’tkazish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin