zarurligi;
xisob olish uchun yo’naltirilgan top-spinga nakat usulda shar uzatish;
raqib xato qilganda xisob yutib olish;
raqibdan holat yaratuvchi qisqa uzatishdan foydalanish;
aylanma uzatishlarni yuqori va yon uzatishlarni qabul qilib kuchli hujumga
o’ta olish;
zaruriy raqibdan oldin sharni uzatish zo’rg’a sharni qabul qilish.
Bunday hollarda kombinatsiyalar raqib harakatlariga bog’liq bo’ladi. Xisobni
yutib olish hujum qilayotgan o’yinchining xatosi bilan himoyalanuvchiga qulay
sharoit yaratish oqibatida yuz beradi. Himoyalanuvchi o’yinchi o’zining kuchli
hujumkor zarbasini, odatda, bir-ikki martagina amalga oshiradi. Bu raqibning zarba
qabul qilishini qiyinlashtiradi. Bunday holatda
quyidagi kombinatsiyalar
qo’llanilishi lozim:
qisqa shar uzatish;
undan keyin hujumkor zarba.
Himoyalanib o’ynaydigan o’yinchilarga bu yagona hujumkor kombinatsiya.
Uning foydaliligi kutilmaganligida. Uni kamdan-kam hollarda va o’yinning hal
qiluvchi davrida qo’llaydilar.
o’rta zonadan sharni qaytarayotganda, yakunlayotgan qisqartirilgan shar
oshirilishiga hujumkor zarba berish. Bu sharni
balanddan uzatgan hujumkor
o’yinchining xatosidan foydalanish hisobiga bo’ladi. Bunday holda
himoyalanuvchining zarbasi yakunlovchi kuchga ega bo’lishi lozim.
Raqib stolining chap tomoniga pastlanib yunaltirilgan zarbalar seriyadan
keyin qarama-qarshi tomonga kuchli pastga aylantirilib beriladi. Kombinatsiyaning
maqsadi-hujumkor o’yinchini sodda ko’ringan zarba bilan xato qilishga majbur
etish. Buning uchun shar salgina yuqori ko’tariladi,
bu raqibning ziyrakligini
o’tmaslashtiradi, natijada u pastga burilgan zarbaning kuchini to’g’ri baholay
olmaydi.
Agar hujum kelayotgan o’yinchi yomon siljiyotgan bo’lsa, uni qaysidir
tomonga joylashtirishga majbur qilish va sharni tezda bo’sh qolgan tomonga
yuborish kerak.
Ikki tomonlama tezkor hujumchi raqibga qarshi har bir zarba bilan Sharning
yanada yuqori aylanishini oshirishi lozim va kelayotgan shar stol sahnidan chetga
chiqa boshlaganida raketkani siltash imkoniyati tug’iladi.
Bu bilan kuchni
yakunlovchi zarba berish yoki top - spin imkoniyati ham paydo bo’ladi.
Hujumkor uslubdagi raqib o’yinida, asosan, quyidagi taktik kombinatsiyalar
qo’llaniladi:
sharni uzatish, undan keyin raqibning yuqoridan yuborgan zarbasini kutib
olish;
bevosita xisob yutib olishga yunaltirilgan top - spin yoki burama zarba
qo’llangan shar uzatish;
raqibning noo’rin o’yinidan so’ng berilgan bir nechta zarba bilan xisob
yutib olish;
raqibning shar uzatishini qisqa zarba bilan kutib olish va yutuqli holatni
yuzaga keltirish. Bunday zarbalarni qo’llash o’yinchiga katta taktik imkoniyatlarni
beradi;
raqibning
shar uzatishini aylantirib, yuqori yoki yon zarba bilan qabul
qilish, keyin esa kuchli elementga o’tish.
Majburan
(raqibning kuchli shar uzatishidan keyin)
sust shar qabul qilish.
Bundan keyin raqib kuchli elementni qo’llaydi. Unga quyidagi variantlardan birini
qo’llash maqsadga muvofiq:
qaytarish va sharni tanaga yoki qabul qilish noqulay bo’lgan erga
yo’naltirish;
buraltirilgan«»;
kuchli pastki burama zarbani yaratish va sharni zarba berish noqulay
bo’lgan erga yunaltirish, bu bilan raqibni xato qilishga
majbur etish;
o’rta zonada kuchli element bilan qaytarma zarba berish.
Dostları ilə paylaş: