Aldamchi xarakatni
bajarish chog’ida tennischi stol yaqinida joylashgan
bo’lishi lozim, sharni egallab olish butunlay stol yuzasi ustida bajariladi, bilak
orqaga qayrilgan, raketka ochiq bo’lishi kerak. Zarba sharning eng yuqori parvozida
raketkani oldinga va bir oz yuqoriga harakatlantirgan holatda beriladi.
Qisqa zarba
Qisqa
zarba
asosan
hujumkor
uslubdagi
tennischilar
tomonidan
himoyalanuvchiga qarshi qo’llaniladi. Bunday zarbadan so’ng shar, agar uni raqib
qabul qilib olmasa, uning yarim maydonidan bir nechta marta irg’ib o’tadi.
Zarba stol ustidan qo’yi aylanishli qisqa va o’rtacha sharga qo’l bilagi bilan
beriladi. Raketka neytral holatda yoki bir oz ochiq holatda bo’ladi, shar energiyasi
bilakning engil harakati bilan o’chiriladi, shundan keyin shar irg’ib o’tganidan so’ng
qisqa traektoriya bo’ylab uchadi.
Hujumdagi tennischiga qarshi qisqa zarba raketkani sharga tekkan paytida bir
oz orqaga tortish bilan passiv blok sifatida qo’llaniladi, bunda sharning tezligi
pasayadi.
Dostları ilə paylaş: