uzatiladi, bilak stolning o’yin sahniga parallel joylashadi
(raketka stolga nisbatan
to’g’ri burchakhosil qiladi).
Shar stoldan sakragan va setkadan yuqoriga ko’tarilgan paytda raket oldinga
yo’naltiriladi hamda engil tekis harakat qilinadi. Bunda qo’l shar yo’naltirilayotgan
tomon oxirigacha cho’ziladi. Pastlatib yo’naltirilgan sharlarni qaytarishda raketkani
shardan teskari egish lozim.
Yuqoridan yo’naltirilgan sharlarni qaytarishda, aksincha,
raketkani ozgina
shar tomonga egish kerak.
Raketkaning orqa va old tomoni bilan turtib o’ynash keyinchalik o’ng va chap
tomondan qirqma va qaytarma zarbalarni o’rganishga asos bo’ladi.
Qaytarma zarba (perekrut)
- bu zarba turtib zarbalar berish texnikasini
yanada murakkablashtiradi. Qaytarma zarbalarga bir vaqtning o’zida ikkita kuch
ta’sir qiladi: qo’lning oldinga harakat kuchi va sharning intiluvchi harakat kuchi.
Shuning uchun ham qaytarma zarbalar sharning uchish tezligi bo’yicha stol
tennisidagi eng tezkor zarbalardan biri hisoblanadi. Qaytarma zarbalar ko’pincha,
chap tomondan beriladi.
Dastlabki holatda o’ng oyoq oldinga chap oyoq esa orqaga joylashadi. Shar
stoldan sakragan, lekin hali o’zining eng yuqori ko’tarilish
nuqtasiga etmagan
paytda raketka to’r tomonga engashtiriladi, bilak bilan raketka oldinga yo’naltiriladi.
Agar raqib yo’naltirilgan shar kuchli yuqori aylanishga ega bo’lsa, shar bilan
uchrashish uning o’rta va yuqori qismida ro’y berishi uchun raketkaning oldinga
engashishi kattaroq bo’lishi lozim. Qaytarma zarbalarning
harakati itarma
zarbalarnikiga nisbatan tezroq bo’lishi kerak. Qaytarma zarbalar, asosan, zarbalarni
qaytarishda foydalaniladi.
Zarba-o’yindagi asosiy hujumkor va himoya harakatidir. Zarbalar sharning
boshlang’ich tezligi, shar aylanishi tezligi va yo’nalishi, ularning o’zaro munosabati
va zarba joyidan kelib chiqqan holda qaytariladi.
Sharning aylanish harakatiga va taktik mo’ljallanishiga
qarab zarbalarni
shartli ravishda oraliq, hujumkor va himoya zarbalariga ajratish mumkin.
Oraliq zarbalar ancha oddiyroq. Bunday zarbalarga blok, turtki bilan orqaga
qaytarish va kesib urishlar kiradi.
Hujumkor zarbalar esa sharga qo’shimcha aylanish kuchi beradigan va
oldindan tayyorlangan va yakunlovchi zarbalardir. Bunday zarbalar quyidagilar:
uzatish
(podacha);
to’lqinli
(nakat);
top-spin;
yakunlovchi;
aks to’lqinli
(kontrnakat);
kesish;
chaqmoq.
Himoya zarbalari sharning qaytarma aylanishi bilan xarakterlanadi. Asosan,
o’rta va uzoq zonalarga beriladi. Ba’zan kuchli zarbalarni qaytarish uchun shar
yuqorisiga va yon tomoniga aylanma zarba beriladi. Bu texnik usullarni qo’llash
ko’p tomondan raketkani ushlash holatlariga va o’yinchining
dastlabki holatiga
bog’liq bo’ladi.
Nakat
Nakat stol tennisida eng keng tarqalgan zarba turidir. Nakat usulida zarba
berishdan maqsad-sharga yuqori aylanish va etarli tezlik berib, kuchli yo’llangan
sharning aniq nishonga borib tushishini ta’minlashdir, bu esa о’yin
davomida
tashabbusni qo’lga olish uchun kurashishga imkon beradi.
Zarba paytida «yopiq» raketka sharning yuqori qismiga tegadi, bu sharga
hujumkor va aylanma harakat beradi. Sharni uzatish uchun raketka ushlagan qo’l
yuqori tezlanishga ega bo’lishi lozim.
Bajarish tafsilotlariga bog’liq ravishda zarbaning turlari ko’p, ammo asosan
standart asosiy stoykada turib raketka ushlagan qo’lni
yuqoriga- oldinga
harakatlantirish bilan bajariladi. Sharga zarba berish shar yon tomonda sportchidan
sal oldinda stoldan qaytib irg’ishning eng yuqori nuqtasida joylashgan paytda
amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda nakatdan foydalanish ayniqsa yuqori malakali tennischilarda
sezilarli darajada kamaydi, chunki bu usulda hozirgi zamon stol tennisi talablariga
unchalik mos kelmaydigan bir qator kamchiliklar mavjud:
kuchsiz yuqori aylanish;
shar parvozi burchagini aniq tanlash zaruriyati;
shar parvozining etarli tezlikka ega emasligi va nisbatan past irg’ishi.
Dostları ilə paylaş: