Aralash juftliklar taktikasi
Aralash juftliklar taktikasi shunisi bilan ajralib turadiki,
aksariyat hollarda
erkak tennischi ayol tennischiga qaraganda ancha yuqori texnik va yuqori jismoniy
tayyorgarlikka ega bo’ladi. Taktik muammolarni hal qilishda ayol o’z sharigini berib
qo’ymasligi, erkak esa o’z sharigini yutishga urinishi lozim. Aralash juftliklarda
sheriklarning psixologik va о’yin mutanosibligi muxim.
O’yinlardagi na’munaviy kombinatsiyalar
Erkak xisob yutish uchun raqibiga sherigi hal
qiluvchi zarba berish uchun
yuqoridan Sharni noqulay joyga yullaydi yoki qisqartirilgan keskin zarba beradi.
Erkak o’yinchiga qarshi o’ynayotgan erkak o’yinchi kuchli burilgan zarba
berishi yoki sharni qisqa kesma zarba bilan noqulay joyga yullaydi. Shundan song
ayol sherigi hal qiluvchi zarbani yullaydi yoki qisqartirilgan zarbani beradi, sherigi
esa hujumni yakunlaydi.
Erkak o’yinchiga qarshi ayol o’yinchi sharni burama zarba bilan kuchli javob
zarbasi berish kiyin bo’lgan joyga yo’llaydi yoki sharni top - spin bilan boshlaydi.
Shundan so’ng sherigi sharning aylanishini tezlashtiradi yoki hal qiluvchi zarbani
beradi.
Ayol o’yinchiga qarshi o’ynayotgan ayol o’yinchi
hujumni boshlab, qisqa
kesma zarba beradi. Sherigi esa kuchli top - sping bajaradi yoki yakunlovchi zarbani
beradi.
2.1.O’yin texnikasi va taktikasini o’rgatish metodikasi
Texnikaga va taktikaga o’rgatish qiyin bo’lganligi uchun sportchilarni 7-10
yoshdan jalb qilinadi, dastlab eng katta e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilishi
kerak.
Trenirovka metodikasi sportchilarning yoshi jihatdan mos kelishi kerak. Stol
tennisida sharni o’yinga kiritish, himoya va hujum zarbalarini o’rgatish uchun
alohida e’tibor qaratish juda muhim. Jahon chempioni Verner Shlagerning fikricha
sharni o’yinga kiritishning samaradorligi bu o’yinchining yarim g’alabasi
hisoblanadi. Texnik usullarning hamma arsenaliga belgilangan ketma-ketlikda
(osondan-qiyinga, oddiydan - murakkabga, ma’lumdan-noma’lumga uslublari)
o’rganish kerak. Bunday holatlarda ba’zi harakatli ko’nikma va malakalarni hisobga
olish zarur.
Dostları ilə paylaş: