Zarba ijro etilayotgan joy bo’yicha:
yaqm zonadan (stoldan 1 m.gacha);
o’rta zonadan (stoldan 2,5-3,0 m.gacha);
uzoq zonadan (stoldan 3 m.dan ko’proq masofada).
Zarba berilayotgan vaqtga qarab;
yarim parvozda;
sharning ko’tarilishida;
sharning eng yuqori ko’tarilish nuqtasida;
sharning stolga tushishida zarbalar berish.
Kuchga qarab:
kuchli;
o’rtacha;
kuchsiz;
to’xtab qolgan zarbalar.
Aylanishiga ko’ra:
tekis;
pastga
aylanuvchi;
yuqoridan aylanuvchi;
yon tomonga aylanuvchi;
aralash turdagi aylanuvchi zarbalar.
Mo’ljalga ko’ra:
tayyorgarlik (oraliq);
himoya;
hujum;
yakunlovchi zarbalar.
Yo’nalishiga ko’ra;
to’g’ri chiziq bo’ylab;
diagonal chiziq bo’ylab;
qiyshiq zarbalar.
Uchish tezligiga ko’ra;
sust;
o’rtacha;
tezkor zarbalarga bo’linadi.
Aldamchi zarbalar
Aldamchi zarbalar-tryuk ko’rinishidagi zarbalar bo’lib, ijrochidan to’xtovsiz
mashqlar, chaqqonlik, chaqqonlik va panja bilan ishlash mahoratini talab qiladi.
Bunday zarbalarni ijro etganda bir yo’nalish ko’rsatiladi,
shar esa boshqa
yo’nalishga yuboriladi, bir aylanish ko’rsatiladi, lekin
sharga boshqacha aylanish
beriladi va h.k.
Aldamchi zarbalarning turlari iuda ko’p:
tashqi tarafdan kesma holda ko’rinadigan tekis aldamchi zarba. sharni
qabul qilayotganda raketkani yuqoridan pastga o’tkaziladi, sharga tegish paytida esa
raketkani panjani mohirlik bilan ishlatish hisobiga qisqa muddatli to’xtatish;
yuqori aylanish o’rniga kesmali aldamchi top-spin ishlatish. Qo’l harakati
va zarbani bajarish tezligi iloji boricha
top-spinga mos kelishi kerak, ammo
raketkaning egish burchagini o’zgartirish va uning harakat yo’nalishini sharning
qo’yi yarim sfera qismiga zarba berish hisobiga sharga qo’yi aylanish beriladi;
qisqa aldamchi zarba, bunda zarba imitatsiyasi hujumkor zarbadan bir oz
oldin bajariladi. Raqib sharga zarba berayotgan paytda o’yinchi
qisqa zarbani
tugatishga xos bo’lgan holatga o’tib, qo’lini to’rga yo’nalish bo’yicha cho’zadi.
Raqib oldinga harakatni boshlashi bilan asosiy hujumkor zarba beriladi.
Dostları ilə paylaş: