Mavzu: Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi. Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 36-maktab ikkinchi toifali geografiya fani o’qituvchisi. Amonova Kamola Aminovna Buxoro Davlat Universiteti geografiya ixtisosligi 2-kurs magistranti



Yüklə 64,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü64,21 Kb.
#193060
1   2   3   4   5   6   7
Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 336-343

Nazariya
– ilmiy bilishning eng yuqori shakli. Isbotlangan g’oyalar, qarashlar, 
qonun va prinsiplar tizimidir.
Nazariya — biror hodisa va 
faktlarni izohlovchi va 
bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub
 vositasida 
yaratiladi, shakllantiriladi voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir 
butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya borliqning muayyan sohasiga oid 
boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy 
bilishda Nazariya ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan 
birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan 
yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday Nazariya ilmiy 
bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, 
mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. Nazariya bilish jarayonida biz toʻplagan 
bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich 


338 
asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u 
harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich shakli 
gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda 
yangi Nazariya yuzaga kelishi mumkin nazariya Ilmiy bilish jarayonida kishilarning 
ilmiy nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat 
qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi 
nazariyalarning shakllanishiga olib keladi. 
4.
Ilmiy bashorat
– fan sohasida tabiat va jamiyatda kelgusida ro’y 
beradigan hodisa, voqea yoki jarayonni oldindan aytishdir. “O’zbekiston – kelajagi 
buyuk davlat” – ilmiy asoslanganligiga guvoh bo’lmoqdamiz. 
Qonun
(tabiiy) inson ongidan tashqari sodir bo’ladigan tabiiy jarayonlar. Tabiat 
qonunlari kuch, hukmga ega. Ijtimoiy jamiyat qonunlari esa qachon bajarilsagina 
kuchga kiradi. Tabiat qonunlari muqim, uzoq muddatli, jamiyat qonunlari tez o’zgarib 
turadi, muqim emas. 

Yüklə 64,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin