Xulosa va takliflar Geografik qobiq biosfera, noosfera nazariyalari er tabiati taraqqiyotining ilmiy-
mantiqiy ifodasidir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq va birbutun sistemani
tashkil qiladi. Bular orasida geografik qobiq birlamchidir. Geografik qobiqda esa
umumgeografik qonuniyatlar mavjud bo’lib, bu qonuniyatlar butun dunyo aholisining
kundalik turmush tarzini belgilab beradi. Geografik qobiq o’zida biosfera, noosferani
mujassamlashtirgan holda o’ta murakkab tuzulishga ega. Geografik qobiq biosfera va
noosfera nazariyalari qator tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun metodologik va amaliy
ahamiyatga ega. Chunki yaxshi nazariya amaliyot eshigini ochish uchun kalitdir.
Har qanday fanda erishilgan yutuqlar amaliyot uchun xizmat qilishi zarur. Aks
holda mazkur fanning ahamiyati quruq safsataga aylanadi. Yuqorida keltirilgan
ma’lumotlar asosida geografiya fanining inson hayotidagi o’rnini yaqqol anglash qiyin
bo’lmasa kerak. Geograf – mutaxassis tabiat qonunlarini chuqur anglaga1) Dialektik
mantiq tili bilan aytganda harakat, o’zaro aloqadorlik, o’zgarish, rivojlanish tufayli
geografik qobiq birbutunlikka ega bo’lgan o’zini-o’zi boshqarib turgan tabiiy
geotizimdir.
2) Birbutunlikning shiddati va samarasi chegara hududlari (ayniqsa tog’ va
tekislik, suv va quruqlik, tabiiy va antropogen hudud kabilar)da yaqqol ifodalanadi.
3) Birbutunlik qonunini inobatga olgan holda ish tutish samarali bo’ladi va oxir
oqibat Yer tabiatini asrab avaylashga olib keladi.
4) Yer tabiatiga tegishli bo’lgan geografik zonallik qonunini mukammal bilish
va undan metodologik poydevor sifatida foydalanish, nafaqat geograf, balki
geografiyaga “yondosh” bo’lgan fan vakillarining ham zaruriy burchidir.
5) Yer tabiatda sodir bo’layotgan tabiiy jarayon va hodisalarning davriylik
qonuniyatlarini yanada mukammal o’rganish nafaqat nazariy, eng muhimi amaliy
ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida geografiya fanining ijtimoiy nufuzini yuksaltirish
imkoniyatlarini yaratadi.