Mavzu: Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi. Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 36-maktab ikkinchi toifali geografiya fani o’qituvchisi. Amonova Kamola Aminovna Buxoro Davlat Universiteti geografiya ixtisosligi 2-kurs magistranti


Qonun – gapirmaydigan hukumat, hukumat esa gapiradigan



Yüklə 64,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü64,21 Kb.
#193060
1   2   3   4   5   6   7
Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 336-343

Qonun – gapirmaydigan hukumat, hukumat esa gapiradigan 
qonundir (Sitseron).
Konsepsiya 
– lotincha, to’plash, tizim, birlashtirish, qarashlar yig’indisi, fikrlar 
tizimi, dunyoni tushunish, anglash usuli. Masalan, umumta’lim taktablari konsepsiyasi, 
tabiatshunoslik konsepsiyasi va h.k. 
Ta’limot
– tamoyil, g’oya, qonunlarni birlashtiruvchi ma’lum sohaga tegishli 
nazariya. [6; 10-14 bet] 
Zonallikning davriy qonuniyati, ya’ni bir-biriga o’xshash landshaft zonalarning 
qutblardan ekvatorga tomon geografik mintaqalarda takrorlanishi kuzatiladi. Mazkur 
qonun 1956 yilda A.A.Grigorev va M.I.Budiko tomonidan kashf qilingan
.
Olimlar 
mintaqalardagi qurg’oqchilikning radiation indeksi (issiqlik va namlikning o’zaro 
nisbatini, aniqrog’i radiatsiya balansining yillik yog’inlarni bug’latishga sarf bo’lgan 
issiqlik miqdoriga nisbati) asosida biomassa miqdorini qutblardan ekvatorga tomon 
qonuniy takrorlanishini aniqlaydilar. Shunga ko’ra qurg’oqchilikning radiatsion 
indeksi ko’rsatkichi 1 ga yaqin bo’lgan yerlar (o’rmon)da biologik mahsuldorlik 
(biomassa) eng yuqori, 3 dan yuqori bo’lgan yerlar (cho’l)da esa eng kam bo’ladi. 
Mazkur o’zgarishlar qutblardan ekvatorga tomon uch marta takrorlanadi. Masalan, 
mo’tadil, subtropik, ekvatorial mintaqalardagi o’rmonlar yoki mo’tadil, subtropik, 
tropik mintaqalardagi cho’llar zonasi kabilar zonallikning davriy takrorlanish 
qonunining amalda namoyon bo’lishidir. 


339 
Taniqli tarixchi, sharq xalqlari etnogenezi bilimdoni 
L.Gumilov
(buyuk rus 
shoirlari A.A.Axmatova va N.S.Gumilovlarning farzandi) 
etnoslarning
(qavm, 
urug’lar) 
kelib chiqishini
ayni hudud, mintaqaning tabiiy sharoiti bilan bog’liqligini 
qayd qiladi va etnologiyani geografiya fanlari tizimiga mansub deb hisoblaydi.[7; 96 
b]. 
Dastlabki geografik asar "Surat al-arz"dayoq Muhammad Xorazmiy Yerning 
obod qismidagi shaharlar, tog’lar, daryolarning koordinatalarini alohida-alohida 
iqlimlar bo’yicha ko’rsatgan edi. Uning "Yetti iqlim" to’g’risidagi ta’limotini 
H.H.Hasanov o’sha zamon geografiyasidagi original yangilik deb hisoblagandi. "Yetti 
iqlim" tushunchasi Muhammad Xorazmiydan keyin ham, ko’p asrlar davomida 
geografiyaning fundamental tushunchasi sifatida qo’llanib kelindi. 
"Yetti iqlim" yoki "iqlimlar" ("aqolim") terminlaridan keyinchalik qator 
mualliflar o’z asarlarini nomlashda yoki ayrim boblarini sarlavhalashda ham qo’llay 
boshlaganlar. Shu ma’noda, Ahmad Farg’oniyning "Yetti iqlimni hisoblash haqida", 
iroqlik Suxrobning "Yetti iqlim ajoyibotlari kitobi", xurosonlik Abu Zayd Balxiyning 
"Iqlimlar surati", arab geografi Muqaddasiyning "Iqlimlarni o’rganish uchun eng 
yaxshi qo’llanma", mashxur Abu Rayhon Beruniyning bizgacha yetib kelmagan 
"Iqlimlar taqsimoti", eronlik adib Amin Axmad Roziyning 1594 yilda Hindistonda 
boburiy podshoh Akbarga bag’ishlab yozgan "Yetti iqlim" kabi asarlarni eslash kifoya. 
Ushbu asarlarda mualliflar "Yetti iqlim" yoki "iqlimlar" terminini dunyo yoki yer 
yuzasining odamlarga ma’lum qismi so’zlarining muqobili sifatida ishlatganlar. Ba’zan 
dunyoning doiraviy xaritalari iqlimlar xaritasi deb ham hisoblangan. 
"Boburnoma" asarida Boburning Farg’ona hamda Qobul viloyatlarini to’rtinchi 
iqlimdandir deb, yoki Hindistonni birinchi, ikkinchi va uchinchi iqlimlardan ekanligini 
yozganida "iqlim" tushunchasi viloyatlar va o’lkaning geografik o’rnini aks ettiruvchi 
tushuncha sifat xizmat kilgan. 
"Yetti iqlim" tushunchasi regional tasviriy geografiyaga oid asarlarda ham keng 
ishlatilgan. Masalan, "masofalar va mamlakatlar" turkum asarlarda Sharq olamining 
geografik tavsiflari iqlimlar bo’yicha bayon qilinganini ko’ramiz. Ammo ularning 
hammasida ham "iqlim" tushunchasining mazmuni, iqlimlarning chegaralari va ularga 
qarashli mamlakatlar bir xil emas. Bu holga o’z davrida Beruniy ham e’tibor bergandi. 
"Iqlimlar bayoni muhim narsa. Bu to’g’rida ixtilof bo’lmasligi kerak"- deb yozgandi u. 
Shu sababdan ham Beruniy o’zining asarlarida iqlimlar va ularning ta’rifiga ko’p bor 


340 
to’xtalgan. Uning "Iqlimlar taqsimoti" nomli alohida asari ham bo’lgan. Abu Rayhon 
Beruniyning hayoti, ijodi va geografik merosi bilan astoydil qiziqqan H.H. Hasanov 
buyuk olimning "at-Tafhim", "Geodeziya" va "Qonuni Mas’udiy" asarlarida keltirilgan 
iqlimlar tarixi va ta’rifi bayonidan tanlab olingan ko’chirmalar keltirilganki, ulardan 
o’quvchi "yetti iqlim" tushunchasi haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi mumkin. 
Beruniyning "Qonuni Mas’udiy" kitobidagi iqlimlar taqsimoti quyidagicha 
ko’rinishda bo’lgan. 

Yüklə 64,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin