336
Mavzu: Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi.
Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 36-maktab ikkinchi toifali geografiya
fani o’qituvchisi.
Amonova Kamola Aminovna Buxoro Davlat Universiteti geografiya
ixtisosligi 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yer yuzasi tabiatini boshqarib turuvchi geografik
qonuniyatlarning insoniyatning kundalik turmush faoliyatiga ta’sirini o’rganish va
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
qonun, harakat, o’zaro aloqadorlik, o’zgarish,
rivojlanish,
umumgeografik qonuniyatlar, birbutunlik, tabiatda
modda va energiya almashinuvi,
zonallik, azonallik, sektorlik, oy (qamariy) taqvimi, quyosh (shamsiy) taqvimi, quyosh
aktivligi, muchal taqvimi, o’zgaruvchan oraliq, muddatli davriylik, ritmiklik, geografik
mintaqalar.
Biron fanga doir bilimlar yig’indisi nazariya bilan boyitilgandagina haqiqiy fan
bo’lib qoladi, ya’ni
mazkur fanning borligi, tarqalishi va taraqqiyotini yo’lga solib
turadigan muayyan qonuniyatlarni aniqlab beradi. Sayyoramizning umumiy geografik
qonuniyatlarini o’rganish esa umumiy tabiiy geografiya fanining asosiy vazifasidir.
Borliqni bilishdan maqsad –haqiqatni bilishdir. Haqiqat –
inson bilimlarini
predmet va hodisalarga mos kelishidir, borliqni to’g’ri inikos etishdir.
Ilmiy bilishning asosiy bosqichlari:
1.
G’oya
– ilmiy bilishning birrinchi bosqichi. G’oya –
tadqiqot maqsadi,
yo’nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G’oya – bu fikrdir. G’oya
–
ilmiy
va
badiiy g’oyalar
ga bo’linadi.
G’oya
— inson tafakkurida vujudga
keladigaya, jamiyat va olamlarni maqsal sari etaklayligan fikr. Unda olamni bilish va
amaliy o’zgartirish maqsadlari ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’ladi.
Falsafa tarixida g’oya turli ma’nolarda ko’llangan. Demokrit atomlarni, Pluton moddiy
bo’lmagan, konkret narsa va hodisalardan tashqarida bo’lgan ideal mohiyatni g’oya deb
hisoblagan. Forobiy «fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» g’oyalarini
ilgari
surganlar. 17 – 18-asrlarda g’oya tushunchasi bilish pazariyasi bilan bog’lab
izohlangan. Shu asosda g’oyalarning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari, shakllari
bilan aloqasi, umuman bilish jarayonida tutgan o’rni masalalari tahlil qilingan.
2.