Mavzu: Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi. Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 36-maktab ikkinchi toifali geografiya fani o’qituvchisi. Amonova Kamola Aminovna Buxoro Davlat Universiteti geografiya ixtisosligi 2-kurs magistranti



Yüklə 64,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü64,21 Kb.
#193060
1   2   3   4   5   6   7
Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 336-343

Iqlimlar 
Janubiy 
chegarasi 
Shimoliy 
chegarasi 
Eng 
uzun 
kun 
Birinchi 
iqlim 
12°40' 
20°27' 
12s 45min 
Ikkinchi 
iqlim 
20°27' 
27°30' 
13s 15min 
Uchinchi 
iqlim 
27°30' 
33°38' 
13s 45min 
To’rtinchi 
iqlim 
33°38' 
38°54' 
14s 15min 
Beshinchi 
iqlim 
38°54' 
43°22' 
14s 45min 
Oltinchi 
iqlim 
43°22' 
47°12' 
15s 15min 
Ettinchi 
iqlim 
47°12' 
50°20' 
15s 45min 
Shunga ko’ra "yetti iqlimning o’rtasi to’rtinchi iqlim hisoblanadi. Iqlimlar 
o’rtasidagi yarim soatdan farq bo’lib, bir iqlimning o’zi boshi bilan oxiri o’rtasida 
chorak soatdan farq qiladi". Ushbu asarda keltirilgan quyidagi iqlimlar chizmasi ham 
e’tiborga loyiq (1-rasm). 


341 
1-rasm.Beruniyning iqlimlar chizmasi 
Ushbu chizmada oltita iqlim vosita hisoblangan to’rtinchi iqlim atrofiga 
kontsentrik joylashtirilgan. Agar bu iqlimlarni jadvalda ko’rsatilgandek janubiy va 
shimoliy chegaralarini sharqiy yarimshar xaritasining ekvatordan shimolda bo’lgan 
qismiga tushirilsa paralellar bo’ylab uzunasiga cho’zilgan zonalar hosil bo’ladi. 
O’rta asrlarda tuzilgan ayrim dunyo xaritalarida shunday qilingan ham, ya’ni 
paralellar va meridianlar bilan bir vaqtda iqlimlar ham aks ettirilgan. 
"Qonuni Mas’udiy"da aytilgan: "... kenglik bo’ylab (janubdan shimolga) 
yurganda (iqlimlar) tuprog’i, suvi, noz-ne’matlari va xalqi jihatidan farq qiladi" 
jumlasiga asoslansak, sharqliklarning iqlimlarini tabiat zonalariga o’xshatish mumkin. 
Ammo ularning soni, chegaralari ham hozirgi tabiat zonalarining soni va chegaralariga 
to’g’ri kelmaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmida, katta hajmdagi ma’lumotlarning tahlili asosida 
tuzilgan xaritalarda Sharqiy yarimsharning ekvatordan shimoldagi qismida 30 dan ortiq 
tabiat zonalari ajratilgan.[2; 165-b] 
Taniqli tabiatshunos olimlar A. Gumbolt, V.V.Dokuchaev, A.A.Grigorev, 
S.V.Kalesnik, L.S.Berg va boshqalarning ilmiy izlanishlari tufayli barcha tabiat 
komponentlari hamda tabiiy landshaftlarning kengliklar bo’ylab, ya’ni ekvatordan 


342 
qutblarga tomon qonuniy o’zgarib borishi geografik zonallik qonuni deb ataldi. Bir 
turdagi landshaft zonalarining turli geografik mintaqalarda qaytalanishi esa geografik 
zonallikning davriy qonuni ekanligi aniqlandi va zaruriy miqdor ko’rsatkichlari bilan 
isbotlab berildi. Shunday qilib, Sharq olami geografiyasida keng qo’llanib kelingan 
"yetti iqlim" tushunchasi tarixiy ahamiyatgagina ega bo’lib qoldi. 

Yüklə 64,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin