Yer tuzishning huquqiy asosi o‘ziga qonunlar va qonun asosidagi aktlarni olgan yer qonunchiligi hisoblanadi. Qonun boshqa me’yoriy aktlarga nisbatan huquqiy kuchga ega, bu quyidagilarda ko‘rinadi:
barcha qonunni to‘ldiruvchi aktlar (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshq.) mavjud
qonunlarga to‘la mos bo‘lishlari kerak;
qonun faqat oliy qonun chiqaruvchi organ (referendumda qabul qilinganlari - faqat referendum
bilan) tomonidan bekor qilinishi, boshqa har qanday me’yoriy akt qonun bilan o‘zgartirilishi
mumkin;
Yer munosabatlarini tartibga solish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning
huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha barcha organlar faoliyati bu sohada mamlakat qonunlari bilan
mos tarzda amalga oshiriladi.
Davlat yer tuzumining asoslarini belgilovchi eng ahamiyatli qoidalar O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida keltirilgan. Boshqa qonunlardan yer tuzish uchun birinchi darajali ahamiyatga
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi ega.
O‘zbekiston Respublikasining harakatdagi Yer kodeksi 14 bob va 91 moddadan iborat. Uning
III bobi (11-15 moddalar) maxsus yer tuzishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari boshqa qator
moddalar (masalan 30, 32, 33, 47, 51, 52, 54 va boshq.) bevosita yer tuzishga taalluqlidir.
Oliy qonun chiqaruvchi organ tomonidan yer tuzishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladigan
boshqa qonunlar ham chiqarilgan; ularga, xususan, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida», «Qishloq xo‘jalik kooperativi to‘g‘risida» va boshq. kiradi.
Qonun - bu mamlakat qonun chiqaruvchi yuqori