11
Qonunni to‘ldiruvchi aktlar
- bu harakatdagi qonunlar asosida chiqarilgan va boshqa davlat
organlari tomonidan bajarilishini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlardir.
Ularga Prezident
farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va qo‘mitalar, mahalliy hokimiyat
organlarining ular vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha buyruqlari, ko‘rsatmalari,
qoidalari, yo‘riqnomalari kiradi.
Bunday
hujjatlarga, masalan, O‘zbekiston hukumatining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»,
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari
va chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 y.), «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga
muvofiq qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
(1998 y.), «O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida»gi (1998 y.) va
boshqa qarorlari kiradi.
Yer tuzish va yerdan foydalanishni hamda uni muhofaza qilishni tashkil etish masalalari
bo‘yicha qonunni to‘ldiruvchi aktlarga qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat
qo‘mitasi va boshq. yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari, buyruqlari ham kiradi. Ular, asosan,
faqat shu
organlar tarkibidagi muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga taalluqli bo‘ladi. Xususan
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasida yer tuzishning Asosiy Nizomi»
(2017y.), «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer
qonunchiligini buzgan qonunbuzarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha
muvaqqat
yo‘riqnoma» (1999 y.), «Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq
muddatga ijaraga berish tartibi» (1998 y.).
Yer tuzish texnikasi barcha yer tuzish ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda izlanishlar
va loyihaviy yechimlar natijalarini toza qag‘oz varog‘ida emas, balki to‘la va aniq plan-xarita
materiallarida grafikaviy tasvirlash ko‘zda tutadigan ma’lum usullardan foydalaniladi. Shu sababli,
yer tuzish uchun zarur aniqlikda va axborotlar, elementlar to‘laligida bajarilgan har xil planlar va
xaritalar kerak.
Yer ustida, havoda va kosmosda olingan tasvirlar yordamida tayyorlangan
plan materiallari
bo‘yicha yer resurslarini o‘rganish va xaritalash, yer konturlari, yer egaliklari va yerdan
foydalanishlar
maydonlarini hisoblash, qidiruv va izlanishlar, yer tuzishni loyihalash amalga
oshiriladi. Loyihalar maxsus texnik (geodezik) ishlarni bajarish yordamida joylarga (naturaga)
ko‘chiriladi; faqat shundan keyingina ularni tadbiq etishga kirishish mumkin.
Yer tuzishdagi texnik ishlar, maxsus
geodeziya injenerlik ishlari, plan-xarita materiallaridan
foydalanish usullari yer tuzishning texnik asoslari hisoblanadi; ular maxsus «Yer tuzishda geodezik
ishlar» fanida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: