O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Kolxozlarda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun 30-chi yillarning



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139
Yer tuzish

 
Kolxozlarda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun 30-chi yillarning 
oxiridan boshlab, ularda ichki yer tuzish boshlandi;
bunda asosiy vazifa almashlab ekishlarni 
tashkil etish bo‘ldi
. Sovxozlarda bunday ishlar ilgari ham o‘tkazilgan edi. Urush davrida yer tuzish 
davom etdi, faqat cheklangan hajmda. Xususan, mamlakat sharqida yangi yerlar izlandi va qishloq 
xo‘jaligi foydalanishiga kiritildi, bosqinchilardan ozod qilingan tumanlarda yerdan foydalanishlar 
tiklandi. 


17 
Urushdan keyingi birinchi yillarda (1950-yilgacha) yer tuzishning mazmuni xalq xo‘jaligini 
tiklash vazifalaridan kelib chiqib aniqlandi. Asosiy e’tibor kolxozlar va sovxozlar hududlarini ichki 
tashkil etishga qaratildi; yana sanoatni va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun yerlarni ajratish 
amalga oshirildi. 
50-chi yillarda qishloq xo‘jaligini quvvatliroq qishloq xo‘jalik texnikasi bilan qayta 
qurollantirish imkoniyati tug‘ildi, shu sababli, mavjud yerdan foydalanishlarni yiriklashtirish talab 
etildi. Mamlakatda bu davrda 230 mingdan oshiq kolxozlar bo‘lib, ularning 30% yaqini 200 ga katta 
bo‘lmagan haydalma yerga ega edi. Shu sababli, 1950 y. boshlab xo‘jaliklarni ommaviy tarzda yirik 
qishloq xo‘jalik korxonalariga birlashtirish jarayoni boshlandi. Xo‘jaliklararo yer tuzishning 
murakkab masalalarini yechish, yerdan foydalanishlarning optimal o‘lchamlarini aniqlash zarur edi. 
Ko‘pchilik hollarda bu sof buyruqbozlik, ma’muriy usullar bilan qilindi, bu ishlab chiqarishning 
turg‘unligini buzdi va boshqa salbiy natijalarga olib keldi. Shu bilan bir qatorda yiriklashtirilgan 
kolxozlar yerdan foydalanishlarini tashkil etish bo‘yicha katta hajmdagi yer tuzish ishlari bajarildi. 
Ularga davlat aktlarini berishga tayyorlashda uzoq yerlar, ko‘p polosalik, chegaralar notekisligi va 
yer massivlari joylashishidagi boshqa kamchiliklar tugatildi. 
1967-y. tuproqlarni shamol va suv eroziyalaridan himoyalash bo‘yicha birinchi jiddiy qaror 
qabul qilindi. Shu vaqtdan boshlab yer tuzish loyihalari va chizmalari o‘z tarkibiga majburiy element 
sifatida hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni va eroziyaga qarshi tadbirlar majmuasini kirita 
boshladi. Bu talab hozirgi davrda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
80-chi yillar oxirlaridan boshlab mamlakatda iqtisodiy va siyosiy islohotlar rivojlanishiga 
qarab, yirik yer o‘zgarishlari ham boshlandi. ASM xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini 
rivojlantirish uchun teng sharoit yaratish, zamonaviy ko‘p ukladli iqtisodiyotni tashkil etish, yer 
resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish maqsadida yerlarni qayta taqsimlash 
o‘tkazilmoqda. 
Yer islohotini o‘tkazishda yer tuzishga ahamiyatli rol ajratiladi. Uning birinchi bosqichida 
samarasiz foydalanilayotgan va mo‘ljallanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yerlarni 
qaytarib olish yo‘li bilan qayta taqsimlash fondlari yaratiladi. Bu fondlardan yerlar fuqarolarga mulk 
qilib, egalik qilish va foydalanish uchun ajratiladi, ularga huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. 
Qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar hududlarida joylashgan aholi yashash joylari yerlari mahalliy 
hokimiyat organlari ixtiyoriga beriladi. 
Yer islohotini amalga oshirishda, dehqon, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha ham, 
kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tugatish bo‘yicha ham majburiy 
choralarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Hozirgi o‘zgarishlarning asosiy vazifasi - dehqonning yerdan ajratilishini tugatish, uni o‘z 
mehnatining yakuniy natijalaridan manfaatdor, yerning haqiqiy xo‘jayiniga aylantirish, qishloq 
mehnatkashlarining turmush sharoitlarini tubdan o‘zgartirish va shu asosda mamlakatda agrosanoat 
ishlab chiqarishining samaradorligini keskin oshirishdir. 
1917-y. Oktabr Revolyusiyasidan keyingi davrdagi yer tuzish rivojlanishining qisqacha taxlili 
shuni ko‘rsatadiki, u hamma vaqt u yoki bu davrda yechiladigan aniq ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va barcha agrar o‘zgarishlarda asosiy rolni o‘ynagan. Yer 
tuzuvchilar tomonidan katta kasbiy tajriba to‘plandi, unga kelajakda ham suyanish kerak. Bundan 
tashqari, ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish murakkablashgan sari yer tuzishning yerlarni tashkil 
etish va muhofazalash vositasi sifatida ahamiyati to‘xtovsiz o‘sib boradi, uning mazmuni esa doimo 
kengayaveradi. 
Bizning kunlarimizda zarur va amalga oshirilayotgan yer tuzish ishlari majmuasi judayam rang-
barang. Ularning asosiy qismi qishloq xo‘jaligiga bevosita ta’sir etadi va yirik miqyosda juda katta 
hududlarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga tajriba ko‘rsatadiki, yer tuzishning barcha vazifalarini 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin