O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanishda inson tirikchiligining sharoitlari qayta



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Yer tuzish

Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanishda inson tirikchiligining sharoitlari qayta 
tiklanadi. Hamma ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda yer mehnatning umumiy sharti va ishlab 
chiqarish vositasi bo‘lib qolaveradi, va shu sababli hamma vaqt, yer tuzishning ahamiyatli 
tarkibiy qismi hisoblangan hududni maqsadli tashkil etish bo‘yicha harakatlar zarur bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda, bu harakatlar albatta ma’lum yer munosabatlari doirasida amalga oshiriladi. 
P.N.Pershin aytganidek, yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning mavjud munosabatlari 
bevosita yer tuzishning iqtisodiy mohiyatini aniqlaydi. Yirik hududlarni tashkil etish ham, aniq 
uchastkalarni tuzish ham, bu munosabatlarni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida xizmat qiladi. Masalan, 
yer tuzish natijasida belgilanadigan chegaralar joylarda mulkdor yoki foydalanuvchining yerni 
tasarruf etish va undan u yoki bu maqsadda foydalanish bo‘yicha huquqlarining hududiy 
chegaralarini belgilaydi. Har xil xalq xo‘jaligi tarmog‘i uchun joylarda yer uchastkalarini ajratish va 
berish mehnat ijtimoiy taqsimotining hududiy ifodasiga aylanadi. Yer uchastkalarini birlashtirish va 
bo‘lish ayrim fuqarolar va korxonalarning xo‘jalik manfaatlarini qondirish, ishlab chiqarishni tashkil 
etishning ilg‘or shakllarini rivojlantirish uchun moddiy asos yaratadi. Boshqacha aytganda, yer 
tuzish yordamida ijtimoiy munosabatlarning ko‘p masalalari yechiladi. 
Shunday qilib, yer tuzish bir vaqtning o‘zida, birgalikda ishlab chiqarishning ijtimoiy usulini 
tashkil etadigan, ham ishlab chiqarish kuchlarining, ham ishlab chiqarish munosabatlarining 
elementi hisoblanadi. Yer tuzishning bu ikki tomoni chambarchas bog‘liq va uning jamiyatda ro‘y 
beradigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Qaysidir yerga mulkchilik shaklining yakka hokimligi sharoitida yer tuzish uni kengaytirishga 
va himoyalashga qaratilgan bo‘lib, ma’lum sinflar qo‘lida yerni to‘plash vositasiga aylanadi va 
ularning manfaatlariga xizmat qiladi (Masalan, revolyusiyadan oldingi Rossiyada yer tuzish avvalo 
dvoryanlar va mutloqlashgan davlatning butun manfaatlarini himoya qilar edi). Shu vaqtning o‘zida 
uning vazifasi hamma vaqt ham butun mamlakatda va ayrim mintaqalarda yerdan foydalanishni 
oqilona tashkil etish bo‘lib qoladi; bu xalq xo‘jaligining rivojlanishiga ko‘maklashuvchi ahamiyatli 
vositalardan biridir. 
Yerga xususiy mulkchilik yakka hokimligida yer tuzish barcha yer egalariga maksimal foydani 
ta’minlashga qaratiladi va birinchi navbatda xususiy yer mulkdorlari manfaatlarini ko‘zlab 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin