14
2. Yer tuzish ishlab chiqarish ijtimoiy usulining
tarkibiy qismi sifatida
Yer tuzishning ijtimoiy ishlab chiqarish elementi sifatidagi
bosh vazifasi - yerdan
foydalanishni, boshqa u bilan bog‘liq ishlab chiqarish vositalari bilan
birgalikda hududiy tashkil
etishdir. Shu bilan yerdan foydalanishda jamiyatning va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
aniq ishlab chiqarish yoki ijtimoiy maqsadlariga mos ma’lum tartib o‘rnatiladi.
Yer tuzish hamma vaqt u yoki bu masalani yechish uchun optimal sharoit yaratishga qaratiladi.
Bunda yer kengligi (hudud) o‘lchanadi va shakli hamda maydoni bo‘yicha har xil, ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish sohalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan uchastkalarga bo‘linadi; bu
uchastkalarda yana yer bilan bog‘liq asosiy vositalar (yo‘llar, ariqlar, binolar,
daraxtlar,
aholi
yashash joylari va sh.o‘.) joylashtiriladi. Bu harakatlarda insonning yerga bo‘lgan faol munosabati
ko‘rinib turadi; ular tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish va ko‘paytirishga qaratilgan. Shuning uchun yerni
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish jarayoniga kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: