15
o‘tkaziladi; shuning uchun u kon’yukturaviy, demak sezilarli darajada favquloddagi xarakterga ega.
U yerga bo‘lgan xususiy mulkchilikni mustahkamlashga va uning bozorda aylanishiga yordam
berishga qaratilgan. Shu bilan yer tuzish asosan huquqiy va texnik tadbirlarga aylanadi.
Bunday
sharoitlarda faqat xo‘jaliklararo yer tuzish davlat maqomiga ega.
Mulkchilik shakllarining ko‘pligi, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, ijtimoiy ishlab
chiqarishni takomillashtirish va yerdan foydalanishni ratsionallash
uchun keng imkoniyatlarni
ochadi. Yer tuzish bu vaziyatda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning yangi zamonaviy
shakllarini rivojlantirishga va mustahkamlashga, xalq xo‘jaligini, birinchi
navbatda agrosanoat
majmuasida hududiy tashkil etishni yaxshilashga qaratilgan. U o‘zining mazmuni bo‘yicha katta xalq
xo‘jaligi ahamiyatiga ega va o‘ziga ham xo‘jaliklararo, ham xo‘jalikda ichki hududni tashkil etishni
oladigan davlat tadbiri ekanligini ko‘rsatadi.
3.
Yer tuzishning davlat maqomi.
Davlatimiz yer tuzumi asosini yerning xalqimiz hayoti va faoliyati asosi sifatidagi maqomi
tashkil etadi; unga fuqarolar, davlat,
shirkat va jamoa korxonalari, muassasalar va tashkilotlar
qonunga mos tarzda egalik qilishadi va undan foydalanishadi.
Davlat yer to‘g‘ri ishlanishidan, uning unumdorlik xususiyatlari
va boshqa foydali sifatlari
to‘xtovsiz yaxshilanishidan, har bir gektar qishloq xo‘jalik yeri iloji boricha ko‘p mahsulot
berishidan, butun yer fondimiz va har bir ayrim yer uchastkasidan mamlakatimiz xalq xo‘jaligi,
uning barcha tarmoqlari rivojlanishini ta’minlab, oqilona foydalanishdan manfaatdor. Bu masalani
yechish uchun iqtisodiyotning ob’ektiv talablarini ko‘rsatadigan, harakatdagi huquqiy me’yorlarga
mos davlatning yer siyosatini amalga oshiruvchi yer tuzish organlari tashkil etiladi.
Davlat yer tuzish organlari orqali va yer tuzish tadbirlari vositasida yerni xalq boyligi sifatida
himoya qiladi, yerdan foydalanish shakllarini, ulardan eng ilg‘orlarini rivojlantirib va rag‘batlantirib,
belgilaydi; uni xalq xo‘jaligi
tarmoqlari orasida taqsimlaydi; yangi yer egaliklarini va yerdan
foydalanuvchilarni tashkil etadi va mavjudlarini tartibga soladi; yerdan
ishlab chiqarish vositasi
sifatida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi maqsadlariga erishish uchun foydalanishni tashkil etib,
qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini tuzadi. Davlat shu maqsadlarga mos ravishda qonunlar va
me’yoriy hujjatlar chiqaradi, ular asosida
yer tuzish ishlari bajariladi; ularga qat’iy rioya qilish
barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Dostları ilə paylaş: