18
navbatdagi ommaviy tadbir tusini oladigan bir-ikki ishga olib kelish mumkin emas. Bizning
davlatimizda yer tuzuvchilarning barcha kuchi majburan bitta nimadadir to‘plangan davrlar bo‘ldi;
buni normal holat deb aytish mumkin emas.
Yer tuzishning mazmuni va usullari mamlakatimiz va chet ellar tajribasi,
ilm-fan yutuqlari
asosida, jamiyat talablari bilan bog‘liq, yer islohotini amalga oshirish jarayonida, keyinchalik ham
rivojlanaveradiyu.
5.
Yer tuzishning mazmunini va usullarini ilmiy asosda takomillashtirish
Mamlakatimiz - maydoni bo‘yicha ham, har xil tabiiy mintaqalarda joylashgan yer
egaliklari va yerdan foydalanishlar soni bo‘yicha ham katta yer xo‘jaligiga ega. Minglab yirik
va o‘n minglab mayda yerdan foydalanuvchilar mamlakatimizning butun hududi bo‘ylab
joylashgan. Ular doimiy harakatda, ijtimoiy ishlab chiqarish talablari, ijtimoiy va boshqa
omillardan kelib chiqadigan to‘xtovsiz rivojlanishda. Bu sharoitda yer tuzish faqat jiddiy ilmiy
asosdagina muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda kelib yer tuzish uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi, katta va har tomonlama
tajriba to‘pladi. U butun yer fondidan va uning ayrim qismlaridan foydalanishni tashkil etish va uni
muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning rivojlangan tizimiga aylandi. Har qanday ob’ektiv ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida u o‘zining qonuniyatlariga ega, ular yer tuzish fanining o‘rganish ob’ektlari
ham hisoblanadi. Asosan oxirgi yuz yillikda tarkib topgan bu fan amaliy tajribaga va nazariy
umumlashtirishga suyanib, mamlakatimizda yer tuzishning rivojlanishiga yordam beradi.
Yer tuzish fanining oyoqqa turishi yig‘ilgan tajribani ijodiy qayta ko‘rib chiqish,
olingan
natijalar va boshqa sharoitlar va vaziyatlar uchun oldinga surilayotgan konsepsiyalardan boshlandi.
Asta-sekin yer tuzuvchilar imkoniyatlarini kengaytirib, ular oldida yangi istiqbollarni ochadigan
nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya butun, hamma qismlari bir-birlari bilan mantiqiy bog‘langan,
ichki tabaqalashgan bilimlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi. Uning konseptual asosi zamonaviy
agrar - iqtisod nazariyasi hisoblanadi.
Yer tuzish to‘g‘risidagi bilimlar tizimi sifatida yer tuzish fani va uning asosiy o‘zagi
- yer
tuzishni loyihalash fanlararo bilimlar sohasi hisoblanadi. Bunda yerning bir tomondan tabiiy resurs
sifatida, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar manbai sifatidagi vazifalarini
o‘rganadigan, bir fanning har xil tomonlari sifatida xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy fanlarning
yaqin o‘zaro ta’sirlari kuzatiladi. Yerning iqtisodiy vazifasi mehnatning
eng ahamiyatli sharti va
umumiy ishlab chiqarish vositasi sifatida dehqonchilik va butun qishloq xo‘jaligi chegaralaridan
ancha uzoqqa chiqadi, sababi, yerda ijtimoiy faoliyatlarning hamma turlari - ishlab chiqarish bilan
bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan, amalga oshiriladi.
Yer tuzish nazariyasi va amaliyoti umuman xalq xo‘jaligida va ayniqsa agrosanoat majmuasida
ilmiy-texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq. Yer tuzish fani o‘z rivojlanishida iqtisodiy,
tabiiy, texnik, huquqiy, qishloq xo‘jalik va boshqa fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi. Yer tuzish
tabiat va jamiyat qonuniyatlarini qanchalik to‘la
aks ettirsa, fan va texnikaning oxirgi yutuqlarini,
ishlab chiqarish talablari va ijtimoiy sharoitlarni yanada yaxshiroq hisobga oladi, yerlardan
foydalanish va uni muhofazalash, hududni tashkil etish shakllari maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Yer tuzish chizmalari va
loyihalarida aks etdiriladigan, yerdan foydalanishni tashkil etishga
o‘zgarishlar va yaxshilashlar kiritadigan barcha yer tuzish tadbirlari har tomonlama asoslangan
19
bo‘lishi kerak. Loyiha fanni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Shuning uchun ham yer tuzish ishlarini
loyihalash va asoslashning samarali usullari judayam zarur. Bunday
masalalar yechimining ilmiy
usullarini ishlab chiqish bilan ilmiy fanlar - yer tuzishni loyihalash, yer tuzishning ilmiy asoslari, yer
tuzishda modellashtirish va boshq. shug‘ullanadi.
O‘tkazilgan izlanishlar asosida amaliy ishlar maqsadlari uchun yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar,
qo‘llanmalar, me’yorlar, standartlar ishlanadi, ular keyinchalik fan yutuqlariga va ishlab
chiqarishning yangi talablariga mos ravishda yangilanadi.
Dostları ilə paylaş: