- yer tuzishni tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish yo‘li bilan yer tuzish samaradorligini oshirish va bashoratlashni rivojlantirish; - yer tuzish xujjatlarining huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va muhandis - texnik asoslanganligini ta’minlash uchun axborotliligini oshirish; - yer tuzishni o‘tkazishning majburiyligi to‘g‘risidagi qonunchilikka hamda yer tuzish hujjatlarining ishonchliligi aniqligi va yer bo‘yicha huquqiy kafolatlarni taminlaydigan texnik reglamentlar va standatlarni ishlab chiqish hamda ularga to‘liq rioya qilish; - birinchi navbatda yerning davlat mulki ekanligini hamda davlat va jamoat manfaatlarini hisobga olgan holda majmuaviy yer tuzish ishlarini o‘tkazishni amalga oshirish; - yerdagi har qanday o‘zgartirishlar faqat yer tuzish hujjatlari asosida turar joylar esa yer tuzish va shaharsozlik qurilishi hujjatlari asosida o‘tkazilishiga qatiy rioya qilish; - xususiy yer tuzuvchilarning faoliyatini joriy etish, takomillashtirish, attestatsiyadan o‘tkazish (litsenziyalash)ni soddalashtirish, yer tuzish xizmatlari bozorining tadbirkorlik va mukammal faoliyaati sub’ektlarining o‘zini – o‘zi tartibga solish tizimlarini joriy qilishni qo‘llab – quvvatlash; - yer tuzish rivojlanishini tezlashtirish bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshirish. III BOB YER TUZISH KONSEPSIYASI. Qishloq xo‘jaligining modernizatsiyalash sharoitida yer tuzish konsepsiyasi.
Yer tuzishni o‘tkazishni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart: