-
davlat yer tuzish boshqaruvining institutsional tizimlarini takomillashtirish; -
yer tuzishni o‘tkazish tartibini aniqlash, yer tuzish ishlari tarkibi tuzilishini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish; -
yer tuzish sohasidagi munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish; -
yer tuzishdagi ilmiy – texnik yuksalishni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab – quvatlash; -
yer tuzishni o‘tkazishni moliyaalashtirish mexanizmini takomillashirish; -
yer tuzishni o‘tkazish va tuzish tadbirlarini amalga oshirish nazoratini kuzchaytirish; -
yer tuzish axborot ta’minotini takomillashtirish; -
yer tuzish sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta’minlash; -
yer tuzish bo‘yicha kadrlar tayorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish; -
yer tuzish xizmatlari bozorini tartibga solish; Yerlar davlat tomonidan auksionlarda sotilishi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan bog’liq holda
yer uchastkalari narxi va soliq to‘lovlari bazasi to‘g‘risidagi ishonchli axborotlarni tizimli aniqlab
borish zaruti dolzarb masala bo’lmoqda.
Fuqarolarga yer uchastkalarini joyida mustahkamlash va aniqlash zarurati bilan chegaralarni
o‘rnatish muhim ahamiyatga ega bo‘lib ,bu yer uchastkalarini huquqiy egalarini o‘z huquqlarini
himoya qilish va amalga oshirishga imkon beradi. Bunda, qonunga yer uchastkalari koordinatlarini
aniqlash bilan birga chegaralarning chegara belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi talablarni belgilash
hisobga olinadi.
Qonunda koordinatalarni aniqlash va yer bozorini rivojlantirish bilan birga mintaqalarda yerdan oqilona va samarali foydalanish talablari o‘rnatilishini ko‘zda tutgan holda amaldagi