O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139
Yer tuzish

 
 
 
Nazorat savollari: 
1. 
Nima uchun yer tuzishga ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida qarash kerak? 
2. 
Yer tuzishning asosiy rivojlanish qonuniyatlari qanday? 
3. 
Nima uchun yer tuzish ishlab chiqarishning har qanday ijtimoiy usulining tarkibiy qismi 
hisoblanadi? 
4. 
Yer tuzishning davlat maqomi nimalarda ko‘rinadi? 
5. 
Yer tuzish o‘z rivojlanishida ijtimoiy ishlab chiqarish talablarini qanday aks ettiradi? 
6. 
Nima sababli yer tuzishning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yer tuzish fani kerak? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


20 
 
 
 
 
Respublikamiz mustaqillikga erishgandan keyingi iqtisodiy o’sishning barqarorligini va 
iqtisodiy-xo‘jalik aylanmasi faolligini ta’minlash uchun yer tuzish tizimini takomillashtirni talab 
etadi. Bunda yerdan foydalanish darajasi va samaradorligi oshadi. Lekin, bu o‘ta murakkab va ko‘p 
qirrali jarayon bo‘lib, yer tuzish konsepsiyasini ishlab chiqishni takozo etadi. Bu asosan yer tuzishni 
o‘tkazishni tartibga solish soxasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga qaratilgan va yer 
tuzish faoliyati istiqbolida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. 
1990-yildan boshlab Respublikamiz raxbariyatining yerlarni qayta taksimlash ishlarini 
amalga oshirishi yangi yer tuzish asoslarining yaratilishiga imkon berdi. Davlatning yerlarni qayta 
taqsimlash ishlarini amalga oshirishi, fuqarolar foydasiga xizmat qilib, qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlar aylanmasi uchun ob’etiv sharoitlarni yaratib berdi. Bu esa fermer 
xo‘jaliklarining shakillanishiga, qishloq axoli punktlari chegaralaridagi yerlarning maxalliy o‘z-
o‘zini boshqarish idoralari tarkibiga o‘tkazib berishiga, maxsus maqsadlardagi yer fondlarining 
vujudga kelishiga olib keldi. 
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligidagi yer resurslaridan foydalanish imkoniyatlari 1990-yil 
bilan taqqoslanganda fermer xo‘jaliklarini tashkil qilishning boshlang‘ich davrida sezilarli 
pasayganliga guvoh bo‘lish mumkin. 
Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishni tartibga solishning jahon va milliy tajribalari 
ko‘rsatishicha, bunday holatning asosiy sabablari sifatida yer siyosatini amalga oshirishda yer 
tuzishning ro’liga yetarlicha e’tibor berilmasligi va uning keskin tushib ketishi, yer resurslaridan 
oqilona foydalanishni tashkil etish va rejalashtirish hamda uni muhofaza qilishda yer tuzish bo‘yicha 
vakolatli davlat idoralari vazifalarining boy berilishi, yerdan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilishni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimlaridan yer tuzishning vakolatli 
tuzilmasi faolligining yetarli emasligi yer tuzish sohasining davlat boshqazuvidan chetlashishi 
keltirilgan . 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin