93
Yer egaligi
- bu mulkchilikdagi, umrbod meros qilib qoldiriladigan egalikdagi, aniq
maqsadlar uchun foydalaniladigan, aniq maydoniga, joylashgan o‘rniga, huquqiy maqomiga va
joylarda belgilangan aniq chegaralariga ega yer uchastkasidir.
Yerdan foydalanish
- bu aniq maqsadlar uchun doimiy (muddatsiz) yoki
vaqtincha (uzoq
muddatli, qisqa muddatli) foydalanishga, ijarani ham qo‘shib,
berilgan, aniq
maydoniga, joylashgan o‘rniga, huquqiy maqomiga va joylarda belgilangan aniq chegaralariga
ega yer uchastkasidir.
Yerlarni olish
- belgilangan tartibda aniq yer uchastkasidan
foydalanish huquqini
(mulkchilik, egalik qilish, foydalanish, ijara) tugatishdir.
Yerlarni berish
- yer uchastkasini mulk qilib,
egalik qilishga, foydalanishga,
ijaraga
fuqaroga yoki huquqiy shaxsga berishdir.
Yerlarni ajratish
- mulk qilib, egalik qilishga, foydalanishga berilgan yer uchastkasining
chegaralarini joylarda belgilash bo‘yicha yer tuzish ishlaridir.
Chegaralash
- bu yagona davlat tizimi bo‘yicha chegaralarni belgilash (tiklash, joylarda
o‘zgartirish, texnik va huquqiy rasmiylashtirish) va ma’muriy - hududiy tuzilmalarning va
boshqa ob’ektlarning maydonlarini aniqlash bo‘yicha yer tuzish ishlaridir. U faqat ob’ekt
chegaralariga taalluqli bo‘lib, uning
hududining ichki tuzilishi bilan bog‘liq emas.
Kameral yer tuzish tayyorgarlik ishlari
- loyihalash ob’ektiga chiqishgacha bajariladi. U
xo‘jaliklararo yer tuzish qatnashchilari tarkibini belgilash yoki aniqlashdan boshlanadi. Ularning
soni ikkitadan bir necha o‘ntagacha, hattoki ayrim hollarda yuztadan ham oshib ketishi mumkin.
Bu ishlar xo‘jaliklararo yer tuzish qatnashchilari ro‘yxatini tuzish bilan yakunlanadi.
Bu plan-
xarita materiallari talab etiladigan hududni aniqlab beradi.
Dostları ilə paylaş: