O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   139
Yer tuzish

Yerlarni muhofaza qilish
 - 
bu yerlarni saqlashga, tiklashga va holatini yaxshilashga; yer 
resurslaridan nooqilona, asoslanmagan foydalanish va sarflashlarning, qishloq xo‘jalik 
yerlarining unumdorligi pasayishining va maydoni kamayishining oldini olishga qaratilgan 
tashkiliy-xududiy, tashkiliy-xo‘jalik, huquqiy, iqtisodiy, texnik va boshqa tadbirlar tizimidir.



94 
Shahar (posyolka), qishloq chegarasi
- bu uni boshqa toifalardagi yerlardan ajratib 
turuvchi tashqi chegaradir. U yerdan foydalanish chegarasi hisoblanmaydi va mos huquqiy va 
xo‘jalik ahamiyatiga ega emas; bu ma’muriy-hududiy chegaradir (ma’muriy tuman chegarasiga 
o‘xshash). Uning chegarasi ichidagi yerlar foydala-nishda yoki mulkchilikda emas, balki 
ma’muriyat tasarrufida, ya’ni, boshqaruvida bo‘ladi.
Shaharning yer xo‘jaligi tuzilishi rejasi
- bu reja o‘z ichiga shahar hududidagi yerlarni 
o‘zlashtirish, ulardan hamda binolardan foydalanishning asosiy talablarini va hududni injenerlik 
tayyorlash chizmasini oladi;
Aniq shahar yer xo‘jaligini tuzish loyihasi
- bu loyiha shahar hududlari, ya’ni, bog‘ 
o‘rmonlari, istirohat bog‘lari, meva-sabzavot xo‘jaliklari hududlarini tashkil etish, hamda 
inshootlar qurilishlari, hududni injenerlik tayyorlash va shahar hududida o‘tkaziladigan 
agrotexnik, meliorativ va boshqa tadbirlar uchun ishchi loyihalarni o‘z ichiga oladi. 
Yerlardan foydalanishdagi cheklashlar
- hududning maxsus huquqiy tartibi-dan, 
yerlarni ekologik himoyalash, tuproqlar unumdorligini saqlash, atrofdagi tabiiy muhitni 
muhofaza qilish talablaridan kelib chiqadi. 
Servitut
 - 
begona yer uchastkasidan cheklangan foydalanish huquqi (majburiyat,servitut) 
yer uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasi egasidan uning yeridan cheklangan tarzda foydalanish 
imkoniyatini talab etganda belgilanadi.
Maxsus fond
- yerlarida yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etishdagi 
xo‘jaliklararo yer tuzishning asosiy vazifasi bu fondni ajra-tilganidan boshqa maqsadlarda, 
samarasiz foydalanilayotgan, hamda foydalanish-dan chiqqan yoki kamroq qimmatli yer turlariga 
o‘tkazilgan yerlar xisobiga shakllantirish hisoblanadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin