Dala yer tuzish izlanishlari - loyiha ishlarining asoslangan va to‘g‘ri yechimlarini topish
uchun o‘tkaziladi. Uning lozimligi va hajmi kameral tayyorgarlik davrida yihilgan hujjat va
ma’lumotlarni o‘rganish va taxlil qilish natijasida belgilanadi. Bunday izlanishlar, yangi
xo‘jaliklar tashkil bo‘layotganda va mavjud xo‘jaliklar qayta tuzilayotganda butun xo‘jalik
maydonlarida, agar xo‘jaliklar yer maydonlaridagi kamchiliklar tugatilayotgan bo‘lsa, faqat yer
tuzish ishlari o‘tkazilayotgan yerlardagina olib boriladi.
fermer xo‘jaligi - fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer
uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchi, fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, huquqiy shaxs
huquqlariga ega, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Buzilgan yerlar - respublika yer fondining hamma toifalaridagi inson faoliyati natijasida
foydalanishga yaroqsiz holga kelgan yoki tuproq qatlami tarkibi va o‘simlik dunyosi, gidrologik
sharoiti o‘zgarishi va relefi buzilishi natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbaaga
aylangan yerlar.
Yerlarni rekultivatsiyalash - bu injenerlik, texnik, melioratsiya, agrotexnika va boshqa
tadbirlar tizimi bo‘lib, buzilgan yerlarning biologik unumdorligini va xalq xo‘jaligi uchun
ahamiyatini tiklashga hamda atrof muhit sharoitini yaxshilashga qaratilgandir.
Texnik rekultivatsiyalash - bu yerlarning ustki qismini belgili maqsad yo‘lida foydalanish
uchun tayyorlash; bu jarayonda yerlarning ustki qismi tekislanadi, qirg‘oqlar sozlanadi, unumdor
tuproq qatlamlari qirqib olinib rekultivatsiyalanadigan yerlarga yotqiziladi, kimyoviy
melioratsiya ishlari o‘tkaziladi, yo‘llar, gidrotexnik va meliorativ inshootlar quriladi va hakozo;
Biologik rekultivatsiya - bu yer unumdorligini tiklashga qaratilgan tadbirdir. Unga
yerning unumdorligini tiklash, o‘simlik va hayvonot dunyosini yangilashga qaratilgan agrotexnik
va fitomeliorativ tadbirlar to‘plami kiradi.