Xo‘jalikda ichki yer tuzishning asosiy maqsadi - yerlardan va u bilan bog‘liq boshqa
ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanishni, ularni muhofaza qilishni va yaxshilashni
tashkil etish, uning tabiatni muhofaza qilishga qaratilganligini va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining maksimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlash hisoblanadi.
Xo‘jalikda ichki yer tuzish - bu aniq qishloq xo‘jalik korxonalarida yerlardan va ular
bilan bog‘liq ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni
tashkil etishning ijtimo-iy-iqtisodiy jarayoni bo‘lib, o‘z ichiga ishlab chiqarishni va hududni
tashkil etish bo‘yicha loyiha asosida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimini oladi.
Ishlab chiqarish markazi - bu umumiy ixcham hudud, yagona texnologik jarayon,
umumiy transport va energetika qurilmalari va hayotni ta’minlash tizimlari (suv, elektr, issiqlik
ta’minotlari va sh.o‘.) bilan birlashgan ishlab chiqarish binolari va inshootlari majmuasidir.
Yer turlari va almashlab ekishni tashkil - yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning
iqtisodiy manfaatlarini hisobga olish asosida yerdan foydalanish intensivligini oshirish va
samaradorligini o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash. Bunda ekologik talablarga qattiq rioya qilish
kerak, sababi, aks holda tuproqlar unumdorligi pasayadi, ularda eroziya va buzilish jarayonlari
rivojlanadi.
Yer turlari -
o‘ziga xos tabiiy yoki yangidan yaratilgan xususiyatlarga ega, ma’lum ishlab
chiqarish va boshqa maqsadlar uchun rejali va doimiy foydalaniladigan yer uchastkalariga
aytiladi.
Xaydalma yerlar - yuqori unumdor tuproqli, doimiy ishlanadigan va qishloq xo‘jalik
ekinlarini ekish uchun foydalaniladigan (ko‘p yillik o‘tlarni va toza shudgorlarni ham qo‘shib)
yerlarga aytiladi.
Daraxtzorlar - sun’iy yaratilgan daraxtlar, chakalaklar (o‘rmon maydonlari-siz) yoki ko‘p
yillik o‘t-o‘simliklari uchun foydalaniladigan, meva-rezavor, texni-ka, yoki shifobahsh
mahsulotlari hosilini olish uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jalik yer turlaridir. Darahtzorlar
tarkibida bog‘lar, uzumzorlar, rezavorzor-lar, meva ko‘chatxonalari, plantatsiyalar (tut, choy, efir
yog‘li, gulli va boshq.) ajratiladi.