O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139
Yer tuzish

Almashlab ekishlar tizimi
- xo‘jalikdagi ularning tiplari, turlari, soni, maydoni va 
joylashishining yig‘indisidan iborat almashlab ekishlar to‘plami. Bunda almashlab ekishlar 
xo‘jalikdagi vazifalari, ekinlarni yetishtirish texnologiyalari va ularni o‘stirish sharoitlariga 
qo‘yiladigan talablar bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladi. 
Almashlab ekish tizimini tashkil etish
- ularning tiplari va turlarini belgilashni; soni va 
maydonlarini aniqlashni; joylashtirishni o‘z ichiga oladi. 
Almashlab ekishlar
- dehqonchilik va ho‘jalik tizimlarining bosh bo‘g‘inidir. Almashlab 
ekishlar asosida dalalarni o‘g‘itlash, o‘simliklarni himoya qilish, urug‘chilik, tuproqlarga ishlov 
berish dasturlari belgilanadi, zarur mashinalar majmui, pul-moddiy vositalari va mehnat 
xarajatlari aniqlanadi. Almashlab ekishlar bilan ihota o‘rmon polosalari, eroziyaga qarshi 
tadbirlar, yo‘llar, sug‘orish va zax qochirish tizimlari bog‘lanadi. Ularni tashkil etish ozuqa 
ishlab chiqarish bilan bog‘lanadi. 
Maxsus almashlab ekishlar
- maxsus agrotexnika va sharoitlar talab qila-digan ekinlarni 
yetishtirish uchun mo‘ljallanadi. Bu ekinlar tuproqlarning unum-dorligiga, suv va ozuqa 
rejimlariga, joylarning relefiga yuqori talablar qo‘yadi 
Almashlab ekish dalasi
- bu almashlab ekishning birinchi navbatda qishloq xo‘jalik 
ekinlarini ekish va ular bilan bog‘liq dala ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan bir-biriga teng 
qismlaridir. Almashlab ekish dalasi bitta yoki bir necha ishchi (sug‘orish) uchastkalaridan iborat 
bo‘lishi mumkin.
Ishchi (sug‘orish) uchastkasi
- bu agroekologik (agroishlab chiqarish) xusu-siyatlari 
bo‘yicha bir xil, joylarda hududni tashkil etishning chiziqli ele-mentlari (yo‘llar, ihota darahtlari 
polosalari, kanallar va boshq.) yoki tabiiy to‘siqlar bilan chegaralangan va yagona texnologiya 
bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan haydalma yer uchastkasidir. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin