Ihota daraxtlari - haydalma yerlarda yaratiladigan himoya daraxtlari polosalari uch turga
bo‘linadi: 1.Dalani himoyalovchi (shamolni sindiruvchi), tuproqlarning suv eroziyasi yo‘q
tekislik hududlarda va yassi qiyaliklarda joylashtiriladigan, bo‘ylama (asosiy) va ko‘ndalang
(yordamchi) polosalaridan tashkil topadigan. 2. Suv ajratadigan joylardagi, relefning
balandliklari qirralaridagi suv ajratuvchi elementlarda joylashadigan. 3. Suvlarni tartibga
soluvchi, yer yuzasidan oqadigan suvlarni ushlash va tuproqlar yuvilishining oldini olish uchun
qiyaliklarga ko‘ndalang joylashtiriladigan.
Asosiy dala yo‘llari - dala magistrallari ahamiyatiga ega. Ular odatda, dalalar guruhiga
yoki butun almashlab ekishga hizmat qiladi va odamlarni, yuklarni tashish va texnikani olib
kelish uchun mo‘ljallanadi. Ular asosan, dalalarning kalta tomonlari bo‘ylab joylashtiriladi,
shuning uchun asosiy dala yo‘llaridan texnologik maqsadlar (agregatlarni yonilg‘i, suv, urug‘lik
bilan ta’minlash, texnikaning aylanishi) uchun ham foydalaniladi.
yordamchi ko‘ndalang yo‘llar - asosan xizmat ko‘rsatish chizig‘i sifatida foydalaniladi va
kengligi 4-5 m qilib loyihalanadi. Ular dalalarning qishloq xo‘jalik texnikasiga xizmat
ko‘rsatishga qulay va aholi yashash joyiga yoki dala shiyponiga yaqin joylashagan tomonlarida
joylashtiriladi.
yordamchi bo‘ylama yo‘llar - dalalarning, polosalar orasidagi va boshqa ishchi
uchastkalarning uzun tomonlari bo‘ylab joylashtiriladi. Ularning asosiy vazifasi - hosilni olib
ketish, o‘g‘itlarni olib kelish, ko‘ndalangiga ishlov berishda agregatlarga xizmat ko‘rsatish,
boshqa dalalarga o‘tishni ta’minlashdir. Bu yo‘llarda harakat intensivligi kichik bo‘lgani uchun,
ular 3-4 m kenglikda loyihalanadi.
Yer tuzishning ekologik samaradorligi - tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni qayta
tiklash va ulardan oqilona foydalanish zaruratidan kelib chiqadi va eng avvalo, yer tuzish
tadbirlarining va ishlab chiqarishning bizni o‘rab turgan tabiiy muhitga ta’sirida, yerlarni
yaxshilash, ularni eroziyadan himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish choralarini amalga oshirish.