O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139
Yer tuzish

Partov (bo‘z) yerlar
- bu oldin haydalma yer bo‘lib, keyin kuzdan boshlab bir yildan ko‘p 
qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun foydalanilmagan va toza shudgor (par) uchun 
qoldirilmagan yer uchastkalaridir.
Pichanzorlar
 
- doimiy pichan o‘rish uchun foydalaniladigan yer turlaridir. Pichanzorlar 
davlat standartlariga asosan suv bilan qoplanadigan, quruq, zaxlashgan, tubdan yaxshilangan
toza, har xil darajada chakalaklar, o‘rmon da-raxtlari va do‘ngliklar bilan qoplangan bo‘lishi 
mumkin.
Yaylovlar 
- doimiy chorva mollarini boqish uchun (bunday foydalanish asosiy 
hisoblanadi) foydalaniladigan hamda mollarni boqish uchun yaroqli, pichan o‘rish uchun 
foydalanilmaydigan va partov (bo‘z) yerlar hisoblanmagan yer turlaridir. 
Yer turlarini transformatsiyalash
- yer turlarining mavjud tarkibidan loyihaviy tarkibiga 
o‘tish yerlarni transformatsiyalash - yerlarni bir turdan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Transformatsiya bir martalik akt bo‘lmasdan, balki ko‘p qirrali va uzoq jarayondir
tashkiliy-xo‘jalik, texnik va huquqiy jixatlardan bu yer tuzishning eng ahamiyatli masalalaridan 
biridir. Yerlarni transformatsiyalashning injenerlik-texnik mazmuni yer turlarini tubdan va 
yuzaki yaxshilash asosida, bir turdan ikkinchisiga o‘tkazishni ta’minlovchi kompleks meliorativ, 
madaniy-texnik va agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. 
Yer turlarini madaniylashtirish
- yer uchastkalarini tabiiy holatdan madaniy holatga 
o‘tkazishni bildiradi, ya’ni tabiiy yaylovlar, pichanzorlarni yoki noqishloq xo‘jalik yerlarini 
haydalma yerlarga, madaniy yaylovlar va pichanzorlarga kompleks melioratsiyalash va 
agrotexnik tadbirlar yordamida transformatsiyalashdir. 
Tuproqlarni madaniylashtirish
- bu xududiy tuproq unumdorligini to‘plashning uzoq 
jarayoni bo‘lib, u yerlarni transformatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin.


96 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin