O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yangi noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etish odatda ularni zaxira



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139
Yer tuzish

 Yangi noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etish odatda ularni zaxira, 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, o‘rmon fondi yerlarida joylashtirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bunda, ko‘pchilik hollarda yerlarni asossiz sarflash, unumdor yerlarni yo‘qotish 
deb ataladigan holatlar sodir bo‘ladi. 
Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari orasida yerdan foydalanish bo‘yicha kelishmovchilikliklar 
kelib chiqishi mumkin, ular butun jamiyat manfaatlarini o‘zida ko‘proq aks ettirgan tarmoq 
foydasiga hal etiladi. Bunday kelishmovchiliklar ko‘proq sanoat yoki boshqa noqishloq xo‘jalik 
korxonasi yoki muassasasini qishloq xo‘jalik yerlarida joylashtirishga to‘g‘ri kelganda kelib chiqadi. 
Qonun bo‘yicha bunga faqat alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. Bunda, yuqorida aytilganidek, yer 
qonunchiligida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi yer egaligi va yerdan foydalanishi ustivorligi tamoyiliga 
rioya qilish kerak. Uning mohiyati shundan iboratki, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan qimmatbaho 
unumdor yerlarni qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar avvalo 
qishloq xo‘jalik yer egalari va yerdan foydalanuvchilariga beriladi. Bu tamoyil yerlarni tarmoqlar va 
yerdan foydalanuvchilar orasida taqsimlashni rejalash va loyihalashning barcha vaziyatlarida 
harakatda bo‘ladi va barcha yer tuzish ishlarida qo‘llaniladi. 
Masalan: qishloq xo‘jalik yerlarini olish bilan bog‘liq noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishini 
tashkil etishda, birinchidan, yeri olinadigan xo‘jalik roziligi talab etiladi; ikkinchidan, birinchi 


40 
navbatda qishloq xo‘jaligiga umuman yaroqsiz yoki sifati past yerlar ajratiladi; uchinchidan, qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi zararini olinayotgan yerga teng maydondagi uchastkani haydalma yer yoki 
ozuqa yetishtiriladigan yerga o‘zlashtirish xarajatiga teng mablag‘ bilan qoplash ko‘zda tutiladi. 
Bundan tashqari, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar olinayotgan yer uchastkalarining unumdor 
tuproq qatlamini qirqib olishi va buzilgan yerlarda rekultivatsiya ishlarini bajarishi, ya’ni ularni 
keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holga keltirishi, ularning unumdorligini va xo‘jalikdagi 
qadrini tiklashi kerak. 
Butun xalq xo‘jaligi manfaatlari uchun yerdan foydalanish tamoyili va undan kelib chiqadigan 
oqibat yer tuzish chizmalari va loyihalarida o‘z aksini topishi va unga rioya qilinishi kerak. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin