O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzish yechimlarini qabul qilishdagi xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuv



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139
Yer tuzish

 Yer tuzish yechimlarini qabul qilishdagi xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuv, 
xususan, quyidagilarni nazarda tutadi: 
*
 
joylashtirilayotgan ob’ekt va uning yerdan foydalanishining hududga va atrof muhitga 
kelajakdagi ta’siri bilan birgalikda taklif etilayotgan yerdan foydalanish usulining ijobiy va 
salbiy natijalarini to‘la hisobga olish; 
*
 
 sanoat va boshqa qurilish ob’ktlari tagiga ishlab chiqarish kuchlarining hozirgi 
rivojlanish darajasi chegarasida minimal hudud ajratish. 
Yer tuzish chizmalari va loyihalarida ishlanadigan umumiy va xususiy yechimlar xo‘jaliklar va 
mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi kelajagi, yer resurslaridan foydalanish va uni 
muhofaza qilish rejalari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, xo‘jaliklararo va 
xo‘jalikda ichki yer tuzishda yerda joylashtiriladigan va yerdan foydalanadigan qishloq xo‘jalik va 
boshqa korxonalarning, hamda ular hududida joylashtiriladigan mintaqalarning kelajakdagi iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash uchun tashkiliy-hududiy asos yaratilishi kerak. Shuning uchun 
korxonalarning (mintaqalarning) kelajakdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari barcha yer tuzish loyihalarini 
(chizmalarini) ishlashda asos sifatida olinadi. 
Masalan, xo‘jaliklararo yer tuzishda ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish ko‘rsatkichlariga mos 
tarzda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning o‘lchamlari, tarkibi va joylashishi aniqlanadi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida xo‘jalikda ichki yer tuzishda ularning rivojlanish rejalarini hisobga 
olib tarmoqlar, fermerlar, yer turlari maydonlari, o‘lchamlari aniqlanadi, almashlab ekishlar 
loyihalanadi. 
Bu avvalo, qishloq xo‘jalik korxonalariga, belgili darajada - boshqa tarmoqlar korxonalariga 
ham taalluqli. Bunday masala hududni maqsadi va sharoiti o‘zgarib turuvchi ishlab chiqarishga 
moslash va optimal tashkil etish hisobiga yechiladi. Yer tuzish yordamida ilg‘or texnologiyalarni, 
xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari va usullarini joriy etish asosida tarmoqni samarali rivojlantirish 
uchun hududiy asos yaratiladi. Boshqacha aytganda, xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish 
loyihalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi ilg‘or texnologiyalari va usullari hisobga 
olinishi kerak. Xususan, ASMda har xil mulkchilik shakllaridagi yangi korxonalarni yaratishni 
(avvalo fermer xo‘jaliklarini), samarali agrotexnik usullarni va qishloq xo‘jalik shirkatlarida 
xo‘jalikda ichki ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllarini tarqatishni ko‘zda tutish kerak. 
Noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini oqilona joylashtirish yordamida yer tuzish transport va 
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari samarali ishlashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin