O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Yer tuzish

2. 
 
Kenglik va relef 
 
Yerning yer tuzish uchun eng ahamiyatli kenglik xususiyatlariga yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlar, boshqa yer uchastkalarining maydonlari, shakli, uzunligi, joylashgan o‘rni va o‘zaro 
uzoqligi kiradi. 
Aniq tabiiy sharoitlarda, ishlab chiqarishning berilgan ixtisosligi va intensivlik darajasida yer 
egaliklari maydoni korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini va ishlab chiqariladigan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari sonini aniqlaydi. Xo‘jalik hududi o‘lchamiga ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqarish usullari ham bog‘liq. 
 Qishloq xo‘jalik korxonalari yer egaliklari o‘lchamlarini taxlil etish (III bobga qaralsin) 
shuni ko‘rsatadiki, maydoni bo‘yicha yirik xo‘jaliklar tabiiy sharoitlarida farq kam va ishlab 
chiqarishning intensivlashish darajasi past mintaqalarda tashkil topgan.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining e’tiborli xususiyati asosiy dala ishlarining ishlab 
chiqarish uchastkalari, dalalar, yerlarning tabiiy konturlari (bo‘laklari) chegaralarida o‘tkazilishi 
hisoblanadi. Shuning uchun konturlilik, yerlarning bo‘laklarga bo‘linishi va uchastkalarning 
shakllari yerdan foydalanishning ahamiyatli kenglik tavsifiga kiradi.
Haydalma yer uchastkalarining o‘lchamlari, ularning shakli qishloq xo‘jalik 
ekinlarining hosildorligiga va mashina-traktor agregatlari unumdorligiga hamda shuning 
natijasida tarmoqda ishlab chiqarish xarajatlarining samaradorligiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi.
 


44 
Yerdan foydalanishdagi qulaylik, shunga mos iqtisodiy natijalar ham qishloq xo‘jalik 
korxonasining joylashgan o‘rniga - mahsulotni sotish joylarigacha, moddiy texnik ta’minot 
bazasigacha, madaniy-maishiy va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatadigan ob’ektlargacha bo‘lgan 
masofaga bog‘liq. Sanoat va aloqa vositalari rivojlangan, aholi zichligi o‘sgan sari yer 
uchastkalarining joylashgan o‘rni ularning tabiiy unumdorligiga bog‘liq bo‘lmagan holda doimo 
yaxshilanib boradi. 
Zamonaviy aloqa vositalarining, katta o‘tkazish qobiliyatiga ega avtomobil va temir 
yo‘llarining mavjudligi xo‘jaliklar va ular yer egaliklarining uzoqligi bilan bog‘liq kamchiliklarini 
kamaytiradi. Aksincha, katta shaharlarning o‘sishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy 
iste’molchilari sifatida joylashgan o‘rni omilining ta’sirini kuchaytiradi. Xususan korxonalarning 
sanoat markazlariga yaqinligiga bog‘liq holda texnik vositalar va mehnat resurslari bilan 
ta’minlanishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashish darajasi, uning mahsuldorligi va daromadliligi 
bo‘yicha iqtisodiy tabaqalanishi o‘smoqda. Xo‘jalikning uzoqda joylashishi transport xarajatlarining 
oshishiga, mahsulotlar isrofgarchiligiga, umumiy iqtisodiy qoloqlikka olib keladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin