Ma’vzu ochiq kon ishlarining tabiiy omillarga bog’liqligi



Yüklə 34,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü34,58 Kb.
#193197
  1   2   3
Ma\'ruza 6-1



Ma’vzu 5. OCHIQ KON ISHLARINING TABIIY OMILLARGA 
BOG’LIQLIGI 
Ochiq kon ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash vositalari, 
texnologiyasining zamonaviy rivojlanish darjasida ularni qo’llash imkoniyati 
qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalarning fizik-texnik xususiyatlari bilan 
ham, kon hududining iqlimiy holatlari bilan ham chegaralanmaydi. Biroq, ochiq 
usulda qazib olishning iqtisodiy jihatdan muvofiqligini asoslash, kon ishlarini 
tashkil etish va texnologiya, mexanizatsiyasini tanlash konning joylashish yuzasi 
relyefi, kon uyumining yyer yuzasiga nisbatan joylashishi, konning tushish 
burchagi, quvvati, shakli va tuzilishi, kon hududining iqlimiy va gidrogeologik 
sharoitlari bilan aniqlanadi. Yyer yuzasining relyefi tekis, qiyalikka ega, yuqoriga 
ko’tarilgan yoki suvliklarga ega bo’lishi mumkin (1.14-rasm.). Bu kon ishlarining 
yo’nalishini belgilashga, qazish va yuklash uskunasini tanlashga, ochish ishlariga, 
qoplovchi tog’ jinslarining to’plash joylariga va boshqalarga ta’sir qiladi. 
1.14. - rasm. Konlar yuzasining relyef turlari: 
a–tekis; b–qiyalik; g–balandlikka ega maydon; d–suvli yuza (qazilma suv ostida joylashgan) 
Konning yyer yuzasiga nisbatan joylashuviga ko’ra ular 
ustki 
(qoplovchi tog’ 
jinslarining qalinligi 20-30m gacha), 
chuqur 
(qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi 
40m dan yuqori), 
baland 
(joyning eng yuqori nuqtasidan baland) va 
chuqur-baland 
bo’ladi. Ustki turdagi konlar har doim ochiq usulda qazib olinadi. Chuqur va 
baland joylashgan konlarni qazib olish texnik-iqtisodiy asoslarni talab qiladi. 
Konlarning nisbatan qalinligida va katta zaxiralarida ularni ochiq usulda qazib 


olish yyer osti usuliga nisbatan samarali hisoblanadi. Chuqur-baland konlarni bir 
vaqtda yoki navbatma-navbat ochiq va yer osti usulda qazib olish mumkin. 
Yotish burchagiga ko’ra konlar 
nishab, qiya va tik qiya 
bo’ladi. 
Nishab konlar
deb, yotish burchagi 0-10

bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlarni qazib 
olishda qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish uchun qazib olingan maydonlardan 
foydalanish imkonini beradi (1.15 - rasm.). 

Yüklə 34,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin