155 holda tushuntirish mumkin emas, balki uni tushuntirish uchun harakat manbai
bo'lgan xudo tushunchasini kiritmoq lozim, deb tasdiqlaydilar.
Hozirgi zamon tomistlari irratsializmni inkor qiladilar va aqlning
afzalliklarini tan oladilar. Ammo tomistlar «ratsionalizm»i soxta ratsionalizm
bo'lib, insoniy aql fan oldidagi g'ayri aqliy haqiqat ochilishiga qaratilgan bo'ladi.
Aqlni, e'tiqodni himoya qilishga majbur qilib, neotomistlar bilimlar manbai bo'lgan
falsafani yo'qqa chiqaradilar. Neotomizmning ijtimoiy-siyosiy ta'limoti xususiy
mulkchilikning abadiyligi va jamiyatning sinflarga bo'linishini «tabiiy» deb tan
olishga asoslanadi.
Neotomistlar jamiyatdagi ziddiyatlar ayrim kishilarning gunohi, diniy
oyatlarni esdan chiqarish, xristian aqidalariga rioya qilmaslikning oqibati deb e'lon
qiladilar. XX asr falsafasining oqimlaridan birini fenomenologiya tashkil etadi.
Mazkur oqimning asoschisi Gusserl (1859-1938 yy.) hisoblanadi. Uning izdoshlari
M.Sheler, N.Gartman, M.Xaydegger va boshqalar. Gusserl o'zining «Mantiqiy
izlanishlar» nomli ikki jilddan iborat bo'lgan asarida fenomenologiya falsafasining
predmetini borliq va real ong emas, balki, «sof ong» tashkil etadi, degan g'oyani
ilgari suradi. Uning yozishicha, fenomenologiya har xil kechinmalar orqali
namoyon bo'ladigan «sof ong» haqidagi ta'limot. «Sof ong»ning kechinmalari,
iztiroblari, tushunchalari, fenomenlar haqiqatni bilishga olib boradigan yagona
yo'ldir. «Sof ong» o'zining tushunchalari, fenomenlari yordamida ob'ekt bilan
sub'ektni o'zaro bog'lab turuvchi vositadir.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turganidek, Gusserl bilish nazariyasining
predmetini fenomenlar oqimi tashkil etadi. Fenomenlar uning fikricha, quyidagi
to'rtta qatlamlardan tashkil topadi. 1. Nutq, yozuv ma'nosini ifodalash uchun
ishlatiladigan til shakllari; 2. Bilishga intilayotgan sub'ektning ruhiy kechinmalari,
iztiroblari; 3. Bilish jarayonida namoyon bo'ladigan kechinmalar, iztiroblarning asl
ma'nosi; 4.Ana shular orqali ifodalanadigan «narsa».
Mazkur qatlamlar yordamida falsafa «sof ong» mohiyatini bilishga erishadi.
Gusserlning fenomenologiyasi Platon tomonidan rivojlantirilgai «g'oyalar