Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   466
TATU Falsafa

220
 
rivojlanish sodir bo‘lmaydi, balki bir hodisaning boshqa hodisa bilan almashinishi 
sodir bo‘ladi. Dialektik inkor yuqorida ko‘rsatilgan inkordan farqli o‘laroq shunday 
ziddiyatlarni hal qilishni maqsad qilib qo‘yadiki, buning natijasida taraqqiyotda yuqori 
bosqichga erishiladi. 
Dialektik inkorning yana bir muhim xususiyatini aytib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir. Ikkinchi inkor eskini yemiribgina qolmay, oldingi rivojlanishdagi butun 
ijobiy tomonlarni umumlashtiradi, ya’ni sintez qiladi. Biroq bu sintez oldingi 
rivojlanishning ayrim tomonlarini mexanik tarzda birlashtirish emas. Dialektik 
sintezda o‘tmishning ayrim elementlari olib tashlangan, ya’ni butunlay 
o‘zgartirilib, yuqori bosqichda birlashtirilgandir. 
Inkorni inkor rivojlanishning ma’lum bir davrini tugallaydi, lekin u shu bilan 
birga keyingi harakat uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi inkor 
harakatning shart-sharoitlarini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, inkor tushunchasi 
davrni ham ifodalaydi. Bu davr shundan iboratki, ma’lum jarayonning tugallanish 
bosqichi yangi dialektik davr uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib qoladi va shunday hol
 
cheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo‘lgan narsa boshqa munosabatda 
yangi rivojlanishning boshlang‘ich nuqtasidan iborat bo‘ladi. 
Dialektik taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli harakat bo‘lmay, balki asta-sekin ko‘tarilib, 
kengayib boradigan, bir-biri bilan umumiy vorislik yo‘li bilan bog‘langan yuksak 
bosqichda boshlang‘ich nuqta jihatini o‘z ichiga oladigan burama harakatdan iborat. 
Taraqqiyot ayrim hollarda quyiga qarab boradi. Bunga moddiy tizimlarning 
yemirilishi, materiya harakatining murakkab shakllari oddiy shakllarga o‘tishi misol 
bo‘la oladi. Ammo shuni aytish kerakki, taraqqiyotning orqaga qaytishi ilgarilama 
harakatdan vaqtincha chetlashishdir. 
Ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning rivojlanishi hech qachon to‘xtab qolmasligi 
qonuniy va o‘zgartirib bo‘lmaydigan jarayondir. U vaqtincha bo‘lgan tebranish va 
cheklanishlarga qaramasdan ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgi davrgacha yuqoriga 
ko‘tariluvchi yo‘l bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy rivojlanishning ob’ektivligi va 
takrorlanmasligi bunda yorqin namoyon bo‘ladi. Rivojlanishning pastdan yuqoriga 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin