Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   466
TATU Falsafa

222
 
chiqishi ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ijtimoiy rivojlanish ham taraqqiyot sari 
borayapti.
Eskining o‘rniga yangining kelishi uning kundan-kunga mustahkamlanishi
rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini 
belgilaydi. Yangi eskining o‘rnini egallab borishda eskidan ijobiy muhim 
tomonlarni o‘zida mujassamlashtirib, yuqoriroq sifat xususiyatlarga aylanadi. 
Eskining o‘rniga kelgan yangi dastlab imkoniyat ko‘rinishida bo‘ladi. Bu 
imkoniyatning voqelikka aylanishi ma’lum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. 
Ijtimoiy hayotda yangilikning g‘alabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning 
faoliyati zarurdir. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y 
berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etyapti. Yangi 
jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani yangidan barpo 
etishni bildirmaydi. Aksincha, jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolish, ularni yanada boyitib 
rivojlantirishdan iboratdir. Bu mazkur qonunning talabidan kelib chiqadigan muhim 
xulosalardan biridir. 
«Bizning tushunishimizcha, - degan edi I.A.Karimov, — qotib qolgan eski 
aqidalardan voz kechish — o‘z tarixiy o‘tmishimizdan voz kechish degani emas. Bu 
bir yoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir»
1

Yuqorida biz falsafaning uchta asosiy qonunlari mazmun-mohiyatini tavsiflab 
berishga harakat qildik. Endilikda shuni eslatib o‘tish joizki, olamni anglashda 
mazkur qonunlarni e’tiborga olish, ularning talablariga mos ravishda fikrlash va 
amal qilish katta metodologik ahamiyatga ega. 
Falsafiy tafakkurlash voqelikdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan barcha 
aloqalarni, ziddiyatlarni, ularning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish, har tomonlama 

1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 


taraqqiyot kafolatlari. -T.:“O‘zbekiston”,1997.-151-bet. 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin