221 ko‘tariluvchi yo‘nalishini dialektik tushunish doiraviy harakat to‘g‘risidagi metafizik
nazariya bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Ba’zi bir olimlar dunyoda
bo‘layotgan ba’zi bosqichlarning qaytarilishini oddiy eskilikka qaytish deb
hisoblamoqdalar. Ularning fikricha, tabiat va jamiyat hayotining ibtidosi va intixosi
butunlay mos keluvchi ma’lum davr, sikl yoki aylanma bo‘yicha bo‘ladi. XVIII
asrda yashagan italiyalik faylasuf J.B.Vikoning ta’kidlashicha, jamiyat o‘z
taraqqiyotida uch davrni bosib o‘tadi, chunonchi: 1) bolalik davri. Bu davrda diniy
dunyoqarash va zo‘ravonlik hukmronlik qiladi; 2) o‘smirlik davri. Bu davrda
aristokratlik, ritsarlik va yetuklik ravnaq topadi; 3) yetuklik davri.
Boshqa bir faylasuf O.Shpengler jamiyat o‘zining rivojlanishida bunyod
bo‘lish (1), gullab yashnash (2), inqirozga yuz tutish (3) davrlarini boshdan
kechiradi, deydi. Uning fikricha, insoniyat tarixining hozirgi bosqichi inqirozlar
davri, shunga ko‘ra hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuqlari butunlay yo‘q
qilinishi lozim emish.
Ingliz tarixchisi Toynbining ta’biricha, jamiyat tarixi qorong‘i va o‘zaro
aloqada bo‘lmagan sivilizatsiyadan iborat. Har qanday sivilizatsiya bir rivojlanish
bosqichlarini bosib o‘tadi: 1) bahor va yoz, 2) kuz va qish yoki bolalik, o‘smirlik,
yetuklik va qarilik. Toynbining ko‘rsatishicha, G‘arb sivilizatsiyasi yetuklik
bosqichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik professor
Rayt esa, jamiyat tarixi ma’lum bir bosqichlardan, ya’ni qaxramonlik asri,
g‘alayonlik vaqti va tiklanish davrlarining shu taxlitda takrorlanishidan iborat, deb
tasvirlab beradi. Uning fikricha, hozirgi sivilizatsiyadan keyin insoniyat faqat
orqaga qaytish bilan rivojlanarmish.
Taraqqiyot yuqoriga ko‘tarilish xususiyatiga ega bo‘lib, u oddiydan
murakkabga, pastdan yuqoriga tomon boradi. Masalan, mikroolamda rivojlanishning
ilgarilab borishi kimyoviy elementlarda atom yadrosi, atomlarning molekulalarga
va keyinroq mikroskopik jismlarga aylanishida, koinotda esa uning jismlarining gaz
va changsimon materiyadan vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Noorganik
materiyaning organik materiyaga aylanishi, hayvonot olamidan insoniyatning ajralib