239 tariqasida hozirgi ilmiy-texnika inqilobining yutuqlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir
qator kategoriyalarni ko‘rsatish mumkin.
Shu narsa shubhasizki, fanlar taraqqiyoti jarayonida kelgusida materiya
taraqqiyotining biz uchun noma’lum hisoblangan sharoitlar qonuniyatini aks
ettiruvchi kategoriyalar paydo bo‘laveradi, natijada biz kategoriyalarning ixchamligi,
o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida qo‘shimcha materialga ega bo‘laveramiz. Yangi
kategoriyalarning paydo bo‘lishi bilish jarayonining borishi bilan belgilanadi. Bilish
jarayonida inson narsalar mohiyatiga qanchalik chuqurroq kirib borgan sari, ularga
xos yangi tomonlar va aloqalarni aniqlay boradiki, bularning hammasi mavjud
kategoriyalar bilan sig‘ishmaydi
va yangi kategoriyalar ishlab chiqilishini talab qiladi.
Shunday qilib, narsalarning o‘z taraqqiyotida mantiqiga mos ravishda
kategoriyalar ham rivojlanib, boyib boradi. Shu munosabat bilan savol tug‘iladi:
tushunchalar harakatining ichki manbai, omili nimadan iborat? Kategoriyalar
ob’ektiv borliq ziddiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun ham ular ziddiyatli
xususiyatga ega. Ana shu ziddiyatlarning rivojlanishi kategoriyalar dialektik
harakatining manbai hisoblanadi. Kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida
inson fikrining shakllaridir. Ana shu ma’noda ular sub’ektivdir. Lekin ularda
dunyodagi narsa va hodisalarning o‘zaro real mavjud aloqa va munosabatlari aks
etadi, shunga ko‘ra ular ob’ektiv mazmunga ega. Mavjud hol ob’ektivlik va
sub’ektivlikning dialektik birligidan iborat bo‘lgan mantiqiy kategoriyalarning
ziddiyatli tabiatidan dalolat beradi. Inson tushunchalari mavhum holda, ajratib olingan
holda sub’ektivdir, ammo umuman olganda, jarayonda, pirovardida, maylida,
manbaida ob’ektivdir.
Lekin gap bundagina emas. Inson tafakkurining sub’ektiv mantiqi moddiy,
ob’ektiv dunyo taraqqiyoti qonunlarini aks ettirishdan iborat. Kategoriyalar mazkur
aks ettirishning shakllaridir. Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar singari mantiq
kategoriyalari ham bir kategoriyadan boshqa bir kategoriyaning elementlarini aniqlash
orqali harakatlanadi, ular qarama-qarshi tomonlarga bo‘linadi. Kategoriyalardagi
bunday tartibdagi qarama-qarshi tomonlarga bo‘linishni, ziddiyatlilik tomonlari