318 tomon borayotgan jarayonni ifoda etadi. Ishlab chiqarish qurollarining oddiy,
qo’pol toshbolta va nayzalardan hozirgi zamonning murakkab texnikasi tomon
borayotganligi buning isbotidir. Jamiyat hayotining qaysi bir tomonini olib
qaramaylik, hamma joyda harakat, o’sish, o’zgarish mavjudligini ko’rmay ilojimiz
yo’q. Kishilik jamiyatidagi taraqqiyot olamda ro’y berayotgan umumiy dialektik
jarayonning muhim bir tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tarix o’zgaruvchandir. Bu o’zgaruvchanlik insoniyat jamiyati hech qachon
bir nuqtada turib qolmasligi, ijtimoiy taraqqiyot vaqt singari orqaga qaytmaydigan
jarayondan iboratligini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti hamisha bitta yo’ldan,
o’tmishdan hozirga, hozirdan kelajakka tomon boradi.
Falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy
yo’nalishlarini tushuntirish, uni bilish metodlarini asoslash bilan shug’ullanuvchi
bo’limi tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi
gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi kabi tarkibiy
qismlar farqlanadi. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik
va prognostik funktsiyalari mavjud. Turli davrlarda tarixiy jarayon mohiyati
faylasuflar tomonidan o’ziga xos tarzda talqin etib kelingan. Xususan, XVI asr
ingliz tarixchisi Kollingvud jamiyatlar tarix fani doirasida 4 bosqichdan iborat
imperiyani tashkil etadi, bular; a) Sharq jamiyati; b) Yunon jamiyati; v) Rim
imperiyasi; g) German imperiyasi deb hisoblagan.
Frantsuz
utopisti
Sen-Simon
(1760-1825yy.)
jamiyatlar
tarixini
davrlashtirishda undagi mavjud iqtisodiy tizimni asos qilib oldi va bularni; a) antik
davr (quldorlik bilan bog’liq); b) o’rta asr jamiyati – feodalizm bilan bog’liq va v)
yirik sanoatga asoslangan jamiyat deb atadi. Sanoatlashgan jamiyatni
taraqqiyotning pozitiv davri, deb ko’rsatdi.
Frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857yy.) jamiyatning rivojlanish
sabablarini ma’naviy taraqqiyotdan qidiradi va insoniyat jamiyati taraqqiyoti 3
bosqichda amalga oshadi, bular jamiyat taraqqiyotining hamma uchun umumiy
bo’lgan: a) teologik; b) metafizik; v) pozitiv bosqichlaridir, degan fikrni ilgari