Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   466
TATU Falsafa

323
 
XIX-XX asrlarda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondoshuv qaror topa 
boshladi. Bu nuqtai-nazarga ko’ra, insoniyat tarixi ko’pdan-ko’p turli 
sivilizatsiyalar tarzida namoyon bo’ladi. 
Sivilizatsiyali yondoshuv faylasuflar Nikolay Danilevskiy, Osvald 
Shpengler, Arnold Toynbi kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Jamiyat 
taraqqiyotiga sivilizatsiyali yondoshuv muayyan jamiyatning ijtimoiy-ruhiy 
qiyofasi, xalqning mentaliteti haqida fikr yuritish, jamiyat taraqqiyotida 
madaniyatning o’rnini to’g’ri tushunish imkonini beradi. Tarixiy taraqqiyot bu 
insoniyat sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotidir. 
Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali munosabat madaniy taraqqiyotni inson 
va jamiyat rivojlanishining asosiy omili sifatida olib qarash imkonini beradi. 
Sivilizatsiyali yondoshuv insoniyat tarixini o’ziga xos takrorlanmas ijtimoiy 
voqelik, deb qarashga asoslangan. Bunda har bir sivilizatsiya o’zining shakllanishi 
va taraqqiyoti jarayonida muayyan asosiy bosqichlarni bosib o’tadi. Jamiyat 
tarixiga sivilizatsiyali yondoshuv formatsion yondoshuvdan bir qator xususiyatlari 
bilan farqlanadi: 
1) U barcha jamiyatlarni emas, balki jamiyat taraqqiyotidagi alohida 
bosqich, alohida sivilizatsiyalarni o’rganishga qaratilgan.
2) Formatsion qarashda asosiy e’tibor jamiyat hayotining iqtisodiy 
omillariga qaratilgan bo’lsa, sivilizatsiyali yondoshuvda ma’naviy omillar asos 
sifatida olinadi. 
Bu yondoshuvga ko’ra sivilizatsiyali taraqqiyot 2 bosqichda namoyon 
bo’ladi. Bu – a) Sivilizatsiyaga qadar bo’lgan taraqqiyot; b) Sivilizatsiyali 
taraqqiyot. 
Sivilizatsiyaga qadar bo’lgan taraqqiyot - yovvoyilik, varvarlik davrlarini, 
sivilizatsiyali taraqqiyot - agrar, industrial, axborotlashgan kompyuter davrlarini 
qamrab olishiga urg’u beriladi. 
Nikolay 
Danilevskiy 
(1822-1885 
yy.) 
madaniy-tarixiy 
taraqqiyot 
(sivilizatsiya)ning tiplarini faoliyat turlari asosiga qurgan. Uning fikricha, 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin