Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   466
TATU Falsafa

354
 
aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, ya’ni ideal jamiyat ma’nosida 
qo’lladilar.
Sivilizatsiya murakkab mazmunga ega bo’lgan falsafiy tushuncha 
hisoblanadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya haqida xilma-xil qarashlar, nuqtai-
nazarlar mavjud. Chunonchi ingliz sotsiologi va tarixchisi Arnold Toynbi 
sivilizatsiya deganda jamiyat taraqqiyotini, avvalo madaniy yuksalishni nazarda 
tutadi. Dunyo tarixini o’rgangan Toynbi sivilizatsiya turlicha xalqlarda turlicha 
kechadi, tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida sivilizatsiyalardan 
iborat, degan fikrni ilgari suradi. U «Tarixni bilish» asarida insoniyat tarixida 
mavjud bo’lgan o’n uch sivilizatsiya haqida fikr yuritib, sivilizatsiyani 
rivojlantiruvchi kuch – ijodiy elita yoki ozchilikdan iborat, deb biladi. U 
sivilizatsiya o’z-o’zidan shakllanmaydi. Uning rivojlanishi uchun ma’lum tarixiy 
davr yetilgan bo’lmog’i lozim. Bunday davrni Toynbi «Chaqiruv va javob» deb 
belgilaydi.
Uning fikricha, tarix chaqirig’iga ozchilik javob berar ekan, o’z ketidan 
befarq ko’pchilikni ergashtiradi. Chaqiruv shunday davrki, bunda jamiyat 
qandaydir xavf ostida bo’ladi. Chaqiruv va javob har qanday sivilizatsiyaning 
asosini tashkil etadi
1
.
Nemis 
faylasufi 
Osvald 
Shpengler 
(1880-1936 
yy.) 
sivilizatsiya 
tushunchasini madaniyatga qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, madaniyat 
halokatga 
uchrashi 
jarayonida 
sivilizatsiyaga 
aylanadi. 
Madaniyatdan 
sivilizatsiyaga o’tish ijodkorlikdan mahsulsizlikka, shakllanishdan qotib qolishga, 
qahramonona tashabbuslardan mexanik «ish»ga o’tishdan iborat. Shpengler 
fikricha, sivilizatsiya oqibatida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj qolmaydi. Shuning 
uchun ham madaniy da’volardan voz kechib, sof texnitsizmga e’tiqod qilishni 
taklif etadi. 
Insoniyat, Shpengler fikricha, zoologik birlikdir. Insoniyatning yagona tarixi 
yo’q, faqat alohida yashirin madaniyat bor. Har bir madaniyat hayotini taqdir 
boshqaradi. «Har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o’z 

1
Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-588-589-betlar. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin