Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   466
TATU Falsafa

353
 
Xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy sohadagi faoliyati uning jahonda 
tinchlikni mustahkamlash yadro urushi boshlanib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun 
olib borayotgan kurashida ham o’z ifodasini topmoqda. 
Jamiyat taraqqiyotda xalq ommasi ichidan chiqqan buyuk shaxslar, arboblar, 
sarkardalar katta rol o’ynaydilar. Tarixiy jarayonlar mohiyatini boshqalarga 
nisbatan chuqurroq tushunadigan, uzoqni ko’radigan yo’lboshchilar, rahbarlar 
xalqning baxt-saodati, orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish uchun astoydil harakat 
qiladilar. Bunday shaxslarga xalq o’zinining issiq bag’rini ochadi, qo’llab-
quvvatlaydi, e’zozlaydi. 
Tarixiy jarayonlarning sub’ekti va harakatlantiruvchi kuchlari bo’lgan xalq 
ommasi muayyan ijtimoiy - etnik tabaqalardan tashkil topadi. 
Jamiyatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tufayli sodir bo’layotgan mulkiy 
jarayonlarning o’zgarishi kishilarning keskin tabaqalanishiga — oshib-toshib 
ketgan boylar-u, qashshoqlarga bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaydi. 
Hozir bizning jamiyatimizda ishchilar, dehqonlar, ziyolilar bilan bir qatorda 
yangidan shakllanayotgan mulkdorlar sinfi faoliyat ko’rsatmoqda. Davlat halol 
mehnat qilayotgan har bir kishiga o’z oilasini boqish, bilim olish, tibbiy xizmatdan 
foydalanish, o’zining qarindosh-urug’larining qadr-qiymatini himoya qilish uchun 
barobar imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. 
7.7. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi 
 
Sivilizatsiyani insoniyat jamiyati taraqqiyotining yovvoyilik va varvarlikdan 
keyingi muayyan bir bosqichi sifatida tahlil qilishda unga xos quyidagi jihatlarga 
e’tibor qaratiladi: sivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining eng qadimgi, ilk 
bosqichlaridan sug’orma dexqonchilikning vujudga kelishi, davlat va huquqning 
paydo bo’lishi, shaharlarning yuzaga kelishi, yozuvning paydo bo’lishi bilan 
farqlanadi. Ayni vaqtda sivilizatsiya tushunchasi inson aql-zakovati erishgan 
yutuqlarini ham ifodalaydi. Frantsuz ma’rifatparvarlari sivilizatsiya tushunchasini 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin