Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   466
TATU Falsafa

355
 
bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va o’tmishi bo’ladi»
1
.
Sivilizatsiyani turkumlashning turli asoslari ishlab chiqilgan. 
Kishilik jamiyati rivojlanishining muayyan bosqichi asosida turkumlash: 
neolit sivilizatsiyasi, nokapitalistik sivilizatsiya, hozirgi zamon sivilizatsiyasi. 
Sivilizatsiya deganda ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunilgan: 
ibtidoiy formatsiya, quldorlik va x.k. 
Sivilizatsiya geografik jihatdan farqlanish asosida turkumlangan: Yevropa 
sivilizatsiyasi, Osiyo sivilizatsiyasi. 
Diniy mansublik asos qilib olingan: xristian sivilizatsiyasi, osiyo 
sivilizatsiyasi. 
Kelib chiqish, planetar mansublikka ko’ra: yer sivilizatsiyasi, yerdan 
tashqari sivilizatsiya farqlangan. 
Etnik asosga ko’ra farqlanadigan birliklar nazarda tutilgan: Qadimgi Misr 
sivilizatsiyasi, Bobil sivilizatsiyasi. 
Har qanday sivilizatsiya: 1) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish 
texnologiyasiga; 2) takrorlanmas madaniyati, qadriyati, falsafiy qarashlari, odob-
axloq normalariga; 3) o’z hayotiy tamoyillariga ega bo’ladi. Bularning barchasi 
sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo’lishi uchun imkon yaratadi. Bu 
sifatiy xususiyatlarning yo’qolishi sivilizatsiyaning halok bo’lishiga olib keladi. 
Sivilizatsiya tushunchasi madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. 
Ayrim olimlar, masalan, Shpengler sivilizatsiyani madaniyatning antipodi, deb 
biladi va «sivilizatsiya madaniyat tanazzuli ifodasi» degan xulosaga keladi. 
Sivilizatsiyani madaniyatga qarama-qarshi qo’yishning asoslari bor. 
Sivilizatsiya ziddiyatli ijtimoiy jarayonlar tarzida kechgan va bu jarayonlar 
oqibatida taraqqiyot bilan bir qatorda madaniyatlarning yemirilishi, boylik va 
qashshoqlik kabi ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishi kuzatilgan.
Sivilizatsiya muammosiga turlicha qarashlarni inkor etmagan holda, uning 
madaniyat bilan aloqadorligini alohida ta’kidlash, sivilizatsiya insoniyatning 

1
Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-580-bet. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin