406 materiyaning ko’rinishi yoki uning bir bo’lagi deb o’ylash mutlaqo noto’g’ridir.
Ongni moddiylashtirishga urinuvchi vulgar materialistlar fikr moddiydir deb da’vo
qiladilar. Bu oqimning namoyandalari Moleshott, Byuxner, Fogtlar esa jigar zardob
ayirgani singari miya ham fikr ajratadi degan edilar. Ular ongni materiyadan iborat
qilib qo’yib, uni materiya bilan tenglashtirib, fikrni borliqning moddiy ko’rinishi
deb hisoblaydilar va shu tariqa materiya bilan ong o’rtasidagi, moddiy hodisa bilan
ideal hodisa o’rtasidagi farqni inkor qiladilar.
Ilmiy falsafa tabiatdagi barcha narsa va hodisalarda sezuvchanlik tafakkur va
boshqa hayotiy funktsiyalar bor degan gilozoizm (Bruno, Rabine va boshqalar)
ta’limotiga ham qarshi chiqadi. Bu g’oyaning
xatoligi shundaki, u jonsiz tabiat
bilan jonli tabiat o’rtasidagi farqni hisobga olmaydi.
Aniq ifodalangan shakldagi sezgi materiyaning yuqori organik shakllarigagina
xosdir, holbuki butun materiya in’ikos ettirish xususiyatiga, ya’ni tashqi muhit
ta’siriga muayyan javob berish qobiliyatiga egadir. Bu xususiyat ma’lum darajada
sezgi bilan o’xshashdir, lekin u bilan birday emas, shu tufayli tafakkur, ong butun
materiyaga xos bo’lgan xususiyat deb bo’lmaydi.
Hozirgi
davrda
fanning
yangi
sohasi
bo’lgan kibernetikaning
muvaffaqiyatlari munosabati bilan jonsiz tabiat predmetlarida ham fikrlash qobiliyati
bor deb ko’rsatishga urinish kuchaymoqda. Turli boshqaruvchi sistemalarni va
boshqaruv jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani asosida ajoyib mashinalar
yaratildi. Ulardan ayrimlari samolyotlarni, poezdlarni yoki murakkab ishlab
chiqarish jarayonlarini boshqara olsa, boshqalari matnni aniq va tez bir tildan
boshqa tilga tarjima qiladi, eng qiyin matematik topshiriqlarni bajaradi va hokazo.
Bu mashinalar tashqaridan turli ma’lumotlar olishga, ularni «esda saqlab qolishga»
layoqatlidir. Bu esa, ayrim olimlarning «aqlli» mashinalar sezish va hatto,
fikrlash qobiliyatiga egadir, deb aytishlariga bahona bo’ldi.
Kibernetika bazasida amalga oshirilayotgan tafakkur funktsiyalarini
modellashtirish katta falsafiy ahamiyatga ega. Hozirning o’zidayoq bir qator
tafakkur funktsiyalarini qayta hosil qiladigan kibernetika qurilmalarining