403 yo’q. Ular turli hayvonlarda turlicha namoyon bo’ladi. Hayvonlarning juda murakkab
sezgi harakatlari ma’lum, masalan, asalarilar olti qirrali, chumolilar ko’p qavatli
uyalar quradi, qushlar doimiy havo yo’llaridan uchib o’tadi, baliqlar o’zi bir vaqt
tuxumdan chiqqan joyiga tuxum tashlaydi va boshqa ko’pgina misollar mavjud.
Demak, hayvonlarga xos bo’lgan ruhiy hodisalar ularga har xil sezgi va instinktlarda
ko’rinadi. Yuqorida aytilgandek instinktlar murakkab shartli bog’lanishlar sifatida
yuzaga chiqadi, hayvonlarning yurish-turishi ana shu bog’lanishlar asosida vujudga
keladi. Ammo yuqori darajadagi hayvonlarning ruhiyati shu hodisalar bilgangina
cheklanmaydi.
Ularda idrok faoliyatining elementlari, ong boshlang’ichlari, anglab, bilib aks
ettirishning dastlabki eng oddiy shakllari borligini fan dalillar asosida isbotladi.
Hayvonlarda ongli, rejali suratda harakat qilish qobiliyati asab tizimining
taraqqiy etishiga muvofiq ravishda rivojlanadi va bu sut emizuvchi hayvonlarda
ancha yuksak darajada turadi. Yuksak darajadagi ong odamlarga xos xususiyatdir.
Ong voqelikning ham ratsional, ham hissiy in’ikosini qamrab oladi. Shuningdek, u
inson hissiyotlari, irodasini ham o’z ichiga oladi.
Iroda — insonning o’z xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va
ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan jami to’siqlar (qo’rqinch,
jur’atsizlik, shubha)larni yengishga bo’lgan qobiliyatdir. Iroda amaliy faoliyat
jarayonida shakllanadi, insonning ham tashqi olam predmetlarini, ham o’z shaxsiy
imkoniyatlarini bilishga asoslanadi.
Barcha ruhiy jarayonlar singari hissiy-emotsional holatlar ham miya
faoliyatining natijasidir. Hissiy holatlarning paydo bo’lishiga tashqi olamda yuz
beradigan o’zgarishlar sabab bo’ladi. Insoniy his-tuyg’ular hayotning ijtimoiy
sharoitlari bilan o’zgaradi. Boshqacha aytganda, u ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda
namoyon bo’ladi.
Emotsiyalar (his, tuyg’u) birinchidan, ifodali harakatlar (mimik va pantomimik
harakatlar)ni; ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar
faoliyatining va holatining o’zgarishi (ko’pchilik hollarda bu o’zgarish emotsiya