414 inson ikki mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana inson jismining
asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh (atman) tomonidan
yaralgan. Agar insonning yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog’lanmasa,
atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo’ladi. Mabodo, inson
faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo’lsa, uning joni jon ko’rinishida
emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug’iladi. Hind Vedalarida olam bir butun,
tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zarralaridir, odam esa o’sha tirik
zotlarning o’ziga xos shakli, ko’rinishidir, deyiladi.
Qadimgi Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odam ato Panga qiyofasida
namoyon bo’ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy
xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbalarida ko’rish
mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi
VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki
baxtsiz bo’lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy
muhitdan izlaganlar. Ularning ta’kidlashicha, jami yaxshilik va yomonliklar
odamlardan tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (er.avv. 551-479 yy.)
ta’limoti bo’yicha, odamlar o’z tabiatlariga ko’ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli
ular bir-birlaridan farq qiladilar. Konfutsiyning inson to’g’risidagi fikr-
mulohazalari shogirdlari bilan bo’lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va
mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo’layotgan turli
axloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfutsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat
qiladi, ularni insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o’zida
mujassamlashtirgan inson faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar
uchun yashamog’i darkor, deb hisoblaydi.
Inson to’g’risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta va
Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan Turonda keng tarqalgan diniy-falsafiy
ta’limotlarda, chunonchi zardushtiylik ta’limotida aks etgan. Bu ta’limotning
markaziy muammosi – odam bilan olam va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik.
Ushbu ta’limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam borlig’i ham to’rt