410 maqsadga qaratilgan faol amaliy ko’rsatkichlar yo’li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni
o’zgartira oladi. Inson faqat sharoit va tarixning mahsuligina bo’lmay, balki ularni
yaratuvchi hamdir.
Tarixiy jarayonda xalq ommasining qanchalik faol ishtirok etishi, g’ayrat va
tashabbus ko’rsatishi moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori bo’lgan mehnatkash
insonning shijoatiga, onglilik darajasiga, o’ziga topshirilgan ishlarga qanchalik
ma’suliyat bilan yondasha bilishi, ijodiy tashabbuskorligiga ko’p jihatdan
bog’liqdir. Bu fikr ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi tarixiy bosqichiga ham
bevosita taalluqlidir. Mustaqillikni muvaffaqqiyatli ravishda amalga oshirish har bir
insondan o’z burchini ko’r-ko’rona bajarishni emas, balki ongli, ilmiy asosda
yondashishni talab qiladi. Shuning uchun ham hozirgi davrda har bir kishi, har bir
shaxsni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish, har tomonlama yetuk va barkamol
bo’lishiga erishish, siyosiy, madaniyatli qilish mamlakatimizni ravnaq toptirish,
demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan bo’lib qoldi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida inson rolining kuchayib
borayotganligi muammosining bir necha jihatlari bor. Bir tomondan, u ijtimoiy
ishlab chiqarish xodimini kamol toptiradi, uni rag’batlantiradigan omillarni belgilab
beradi. Ikkinchi tomondan, odamlarning mehnat g’ayrati malakasini oshirishga qayta
ta’sir qiladi, uning taraqqiyotini jadallashtiradi.
Inson shaxsining boyligi, faolligi, eng avvalo, mehnat faoliyati sohasida
ruyobga chiqadi. Mehnat sohasidagi faollik shaxs faolligining boshqa hamma
shakllariga qaraganda belgilovchidir. Bu tasodifiy emas, albatta. Chunki ayni shu
sohada insonning olgan bilimi, orttirgan tajriba va malakasi va boshqalar amalda
ko’llaniladi, namoyon bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyoti haqidagi har qanday g’oyalar, avvalo, insonning ijtimoiy
tafakkurida shakllanadi, keyin e’tiqodga aylanib, faoliyatiga yo’nalish beradi.
Insonning har qanday amaliy faoliyati, mehnati — ma’rifiy, tarbiyaviy, mafkuraviy
tadbirlar asosida amalga oshadi. Mehnatda insonning qobiliyati va iste’dodi, aql
idroki va tafakkuri namoyon bo’ladi. Inson aqli, qo’li bilan nimaiki qilmasin, uning