418 mavjudotlardan farqlanadi. Uning aql-zakovati borliq turli-tuman ko’rinishlarining
aksidir. O’rta asr sharoitida insonning insoniy fazilatlari, xislatlarini aniqlashda.
Forobiy o’z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. Forobiy «Baxt-saodatga
erishuv haqida» nomli risolasida insonning xislatlari, fazilatlari haqida fikr
yuritadi.
Abu Ali ibn Sino inson tana va jondan tashkil topgan. Inson boshqa tirik
mavjudotlardan o’zining fikr yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi, deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, inson olamdagi barcha
mavjudotlardan o’zining yaratuvchanligi bilan tubdan farq qiladi; yaxshilik,
rostgo’ylik, oliyjanoblik, mehr-shafqat, muhabbat kabi fazilatlar insonni
ulug’laydi. Yolg’onchilik, yomonlik, ichiqoralik, qo’pollik, o’g’rilik, tuxmatchilik
kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy inson o’z mehnati bilan
ulug’dir. Mehnat yordamida inson o’z badanini turli illatlardan, xususan,
dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi, degan fikrni ilgari
suradi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni axloqiy barkamolligi yoki axloqsizligiga qarab
yaxshi va yomon odamlarga bo’ladi. U kamtar, oddiy, halol, haqgo’y kishilar
jamiyatning bebaho boyligi; munofiq, yolg’onchi kishilar yurt uchun zararli illat
ekanligini qayta-qayta takrorlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston Chor Rossiyasi
tomonidan bosib olingan, mustamlakachilik siyosati ayni avjiga chiqqan paytda
o’lkada ma’rifatparvarlik harakati shakllandi. Bu harakat odamlarni ilm egallashga
chaqirdi, o’tmish avlodlar merosini targ’ib qildi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy
qoloqlikdan chiqish yo’llarini izladi. Inson muammosi ma’rifatparvarlar ijodida
o’ziga xos talqin topdi. Ma’rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897 yy.) inson
olamni, o’zi yashayotgan ijtimoiy muhitni o’zgartirishga qodir. Buning uchun u
nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlarni bilishi zarur, deb hisoblaydi. «Biz dunyoni
gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib o’rganish uchun, yer osti boyliklarini
topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma