416 insonparvarligi. Bu – ezgu so’z, ezgu fikr, ezgu amal.
Inson, uning olamga munosabati qadimgi Yunon falsafasida markaziy o’rin
tutadi.
Yunon olimi Suqrot (er.avv. 469-399 yy.)ning falsafiy mulohazalari
markazida inson va uning ongini o’rganish turadi. Suqrotning inson to’g’risidagi
qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy o’rin egallaydi. U axloqsizlik haqiqatni
bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, deb hisoblaydi.
Platonning fikricha, inson asosan ikki bo’lakning uyushmasidan iborat. Birinchi
bo’lak - o’lmas jon, ikkinchi bo’lak – tana. Insonning joni ham ikki qismdan
iborat: oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat
to’plangan, uning yordamida inson abadiy g’oyalar sirini bilib oladi va farovonlik,
ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni
uch katta toifaga bo’lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilar
- his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – dohiylarga, yo’lboshchilarga sajda
qiluvchilar.
Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib
berishda o’z o’tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik
mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch
turkumga bo’linadi: eng past turkumdagi jon - o’simliklar, ikkinchi turkumdagisi
hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo’ladi. Aristotel inson deb
ataluvchi tirik mavjudotni butun va bo’linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda «inson
o’z tabiatiga ko’ra siyosiy mavjudotdir», deb ta’riflaydi. Olim odamlarni faqat
moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish ezgulik
tomon boshlaydi, deb hisoblaydi. Ezgulik deganda, aql-zakovat bilan ish ko’rishni,
mehribonlik, mardlik, ochiq ko’ngillikni, to’g’rilik, xayrihoxlikni tushunadi.
Aristotel insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak
axloqiy poklik, tashki va ichki go’zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni
oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, deb hisoblaydi.
O’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson haqidagi diniy qarashlar ilgari